Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Bolalarning ilk matematik tushunchalari: son-sanoq, miqdor



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Bolalarning ilk matematik tushunchalari: son-sanoq, miqdor 
tushunchalarni oʻrgatish, arifmetik masalarni tuzish va yechishga 
oʻrgatish, raqamlar bilan tanishtirish hamda butun va qism bilan 


142 
tanishtirish boʻyicha qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar

Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan 
ishning asosiy shakli – mashgʻulotdir. Dastur vazifalarining koʻpchilik 
qismi mashgʻulotlarda hal qilinadi. Bolalarda maʻlum izchillikda
tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va koʻnikmalar hosil 
qilinadi. Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni 
uyushtirishga, bolalarning oʻz faoliyatlarining xilma-xil turlarida 
matematik 
mazmundagi 
bilim 
va 
koʻnikmalaridan 
qanday 
foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi. Mashgʻulotlarda va 
kundalik hayotda didaktik oʻyinlardan hamda oʻyin-mashqlardan
keng foydalaniladi. Mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda oʻyinlar
tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi,
chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan,
joyni bilish koʻnikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan 
ishlarda oʻyinlar asosiy oʻquv vazifasini oʻtaydi. Mashgʻulotlarda
bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida
ishlashni hamda ilgari oʻtilgan materialni takrorlashni birga toʻgʻri
qoʻshib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish 
usullarini almashtirib turish bilan yaʻni, mashgʻulot tuzilmasi
bilan taqsimlanadi. 
Mashgʻulotlar dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, 
uygʻunlikda olib borilishi, tegishli bilim va koʻnikmalarning 
oʻzlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib bolalar toʻplam va
son, shakl va kattalik haqida oʻzaro bogʻlangan bilimlarni nisbatan
koʻprok egallagan, fazoda va vaqtni moʻljallay olishni oʻrgangan 
boʻlishlari zarur. Tajribada, birinchi sinf bolalarida uchraydigan 
qiyinchilik, odatda mavhum bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar, 
ularning obrazlari bilan amal qilishdan, sonlar va boshqa mavhum
tushunchalar bilan bajariladigan amallarga oʻtish zarurligini 
koʻrsatadi. Bunday oʻtish bolaning rivojlangan aqliy faoliyatini 
talab etadi. Bolalar turli matematik bogʻlanishli munosabatlarni 
aniqlash usullarini, masalan, toʻplam elementlari oʻrtasidagi
moslikni aniqlash usullarini egallaydilar (toʻplamdagi elementlarni 
birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini aniqlash uchun
ularni 
ustma-ust, 
yonma-yon 
qilib 
koʻrish 
usullaridan 
foydalanadilar).Ular miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul
predmetlarni sanash va kattaliklarni oʻlchash ekanligini tushuna 


143 
boshlaydilar. Sanash va oʻlchash malakalari ularda tobora mustahkam 
va ongli boʻlib boradi. 
Har qaysi yosh guruhi dasturi ushbu boʻlimlardan iborat: 

Miqdor va sanoq. 

Kattalik. 

Geometrik figuralar. 

Fazoda moʻljal olish. 

Vaqt boʻyicha moʻljal olish. 
Oʻquv yilining oxirida katta guruh bolalari quyidagilarni
bilishlari kerak: 

narsalarni 10 tagacha sanay olish; 

sanoq va tartib sonlardan toʻgʻri foydalanish; 

10 tagacha boʻlgan sonlarni yonma-yon turganlarini
(koʻrgazma asosida) taqqoslay olish; 

teng boʻlmagan 2 guruh narsalar sonini ikki usul bilan
tenglashtira olish (1 ta narsa qoʻshish yoki ayirish usuli bilan); 

0 dan 9 gacha boʻlgan raqamlarni nomi va farqini bilish; 

turli miqdordagi 10 tagacha boʻlgan narsalarni eni, boʻyi,
balandligi, qalinligi, oʻlchami va ular orasidagi munosabatlarni
hisobga olgan holda ortib borishi yoki kamayib borishi tartibida 
joylashtirib taqqoslash; 

narsalar shaklini doiraviy, uchrubchak, toʻgʻri
toʻrtburchakli, kvadrat, toʻrtburchakli, oval koʻrinishdagilarini 
farqlash

qogʻoz varagʻida yoʻnalishlarini farqlash; 

narsalarning oʻziga yoki boshqa narsalarga nisbatan
joylashish vaziyati, yoʻnalishini soʻz bilan ifodalash; 

hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar. 
Bu tushunchalar mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda ham olib 
boriladi.
Masalan, 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin