140
ona tilida xatosiz soʻzlashga, oʻz fikrini aniq va ravon qilib
bayon eta bilishga, oʻz nutqida matematik terminlarni toʻgʻri
qoʻllashga yordam berishi kerak. Matematik nutqda aniqlikka rioya
qilish va har bir soʻzni oʻz oʻrnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. Bu
bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga oʻrgatishda ham
zarur.
Tarbiyaviy maqsadlar:
Matematikaga doir bajariladigan ishlar
bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda koʻproq
sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka oʻz fikr va
xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va
fahmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon boʻlishiga eʻtibor
berishga odatlantirish kerak. Bu bilan bolalarda matematik bilimlarga
boʻlgan qiziqish, matematik masalalarni sabr toqat va
tirishqoqlik bilan yechish koʻnikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek,
induktiv va deduktiv tafakkurning boshlangʻich koʻnikmalarini
aqliy operatsiyalarni, yaʻni tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslashni,
abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga,
idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va tafakkurni
oʻstirishga matematika taʻlimi katta ahamiyat kasb etadi.
Matematik bilim berishdan kuzatilgan
Dostları ilə paylaş: