144
Narsalarni 10 tagacha sanay olish
- bu malakalar bolalarda
asosan, oʻyinlar davomida shakllanadi. Ular
10 ichida
necha?,
nechta?, qancha?, nechanchi? kabi savollarga javob berish orqali
narsalarni 10 tagacha sanay olish malakalarini oʻzlashtiradilar. Chunki
4-5 yoshga kelib bolalar sonning miqdoriy tarkibini biladi, matematik
tushunchalardan foydalanadi (koʻp, kam, jami, shuncha), «koʻproq»,
«kamroq», «teng». Ular ketma-ketlikda sanaydi, koʻpliklarni
taqqoslay oladi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashgʻulotlarning
birinchi qismida 5 sonining oʻzidan kichik ikki sondan iborat tarkibi
bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish
malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat
tarkibi oʻrganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi
qismda «Nima oʻzgardi?» oʻyinida buyumlar toʻplamini sanash
(masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda
nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini
aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashgʻulotning
tuzilishi dastur boʻlimlarining hajmi, mazmuni, koʻrgazmaliligi,
tegishli bilim va koʻnikmalarniig oʻzlashtirilish saviyasi va boshqa
omillarga bogʻliq.
Sanoq va tartib sonlardan toʻgʻri foydalanish
ham shu
savollarga toʻgʻri javoblar topish, didaktik va qurish – yasash oʻyinlari
davomida sanoq va tartib sonlarni qoʻllash orqali rivojlantiriladi.
Bolalar (oʻrta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni
va geometrik figuralarni har xil alomatlari boʻyicha guruhlarga
ajratishni, oʻyinchoqlar, figuralar, jadvallar toʻplamiga tayyorlov
guruhlarida «qancha» soʻzi bilan savollar oʻylab topishni mashq
qiladilar. Shuningdek, «Qoʻshnilaringni top», «Men qaysi sonni
oʻtkazib yubordim?», «Kim koʻp bilsa, u uzoq sanaydi» kabi
oʻyinlar oʻtkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining
yoki doskaga chiqarilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga
koʻrinib turishi muhim.
Dostları ilə paylaş: