109
2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
Lugʻat
tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda
soʻzlarning oʻzgarishi va ularning oʻzaro bogʻlanish
usullarini
belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini
(soʻz yasovchi, soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalarni qoʻllashni)
belgilaydi. Bola atrofdagilardan grammatik
tomondan shakllangan
nutqni eshitadi. Eshitganining maʻnosiga tushunish bilan birga,
tilning grammatik tomonini egallaydi, modelini bilib oladi. Bola ona
tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta oʻzlashtirsa, u aqliy
jihatdan shunchalik tez rivojlanadi.
Agarda bolalarda nutqning
grammatik tomoni notoʻgʻri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechikadi.
3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
. Bola, eng
avvalo, tilning tovush tomonini egallashi kerak, yaʻni tovushlarni
toʻgʻri talaffuz
etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash oʻzbek
tilining fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi.
Bola kattalarga
taqlid qilib, soʻzlarda urgʻuni toʻgʻri ishlatishga oʻrganib oladi, ona
tilining intonatsion tomonini oʻzlashtiradi hamda soʻzlarni toʻgʻri
talaffuz qilishga odatlanadi. Ayniqsa, atrofdagilar bilan nutqiy
muloqotda boʻlayotganda samimiy ohangda burro va aniq gapirishga
oʻrgatiladi. Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash,
kelgusi
hayotida, yaʻni bolaning yuqori sinflarida, oʻquv yurtlarida
taʻlim olishda, mustaqil mehnat faoliyatida jamoa, jamiyat
oʻrtasida oʻz fikrlarini toʻliq va tushunarli
qilib bayon etishda
muhim ahamiyatga egadir. Agarda tarbiyachibola nutqidagi,
tovush talaffuzidagi nuqsonlar, ohang va tempga, diksiyasiga
(aniq, burro gapirish), nutqining mazmundorligi
va ifodaliligiga
eʻtibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan bola murakkab bilimlarni
oʻzlashtira olmaydi va bu uning kelajakdagi mustaqil hayotida ham
oʻzining salbiy taʻsirini koʻrsatadi, yaʻni nutqida nuqsoni boʻlgan
bolaning nutqi boshqalarga tushunarsiz boʻladi, oʻz fikrini
ifodalashda qiynaladi, uyaladi, natijada gapirmaslikka
harakat qilib,
indamas, jizzaki boʻlib qoladi. Bularning hammasi uning ruhiy
rivojlanishiga ham taʻsir etadi.
Dostları ilə paylaş: