o'z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog‘chaga
qiziqish uyg'onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur guruhdagi bolalarning ota-
onalari uchun dolzarb boMgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga
axloqiy tarbiya berish-
da oilaning roli» bo'Isa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu
murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda bog‘-
cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni
tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan m a’ruzani, tegishli mavzudagi
kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Bolalar hayoti, faoliyati to'g'risidagi misollardan
foydalanganda ijobiy
materiallar ко ‘ proq bo‘ lishi kerak. salbiy faktlarni gapirishda ehtiy otkorlik
va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari
ko'rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar
majlisdan keyin yakka
tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato
va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi
mumkin.
Yilning oxirida o'tkaziladigan guruh majlisida
ota-onalarga bir yil
mobaynida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning
rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob
beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.
Dostları ilə paylaş: