Sh. Sodiqova


• , . . . .  lar bilan ishlash bo’yicha yillik reja tuziladi.  boriladigan ishlarning



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

• ,
. . .

lar bilan ishlash bo’yicha yillik reja tuziladi. 
boriladigan ishlarning 

, , 
. . 
...
Bu reja pedagogik kengashda muhokama qili-
m ^zmutil 
i * 


4 * 
* 1 * 1
nadi. Rejada umumiy va guruhly majlislar
ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tash- 
kilotlarida ko'rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo'yib berish, shu­
ningdek bu tadbirlami o'tkazish vaqtlari va unga m a’sul bo'lgan shaxslar 
belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va mazmuni 
tarbiyachi-uslubistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks 
etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo'yicha juda ko'p ishlami tarbiyachi-peda- 
gog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o'zga- 
rishlami hammadan ko'proq ko'radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish 
bo'ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor berish 
kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog'lig'ini saqlash, ovqati 
va kun tartibini to'g 'ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib 
boradi.
Tarbiyachilaming ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va 
uslublarini tavsiflashdan oldin ularning o'zaro birgalikdagi faoliyati 
va oila bilan aloqalarni yo'lga qo'yish usullarining ba’zi psixologik- 
pedagogik ta’sirlariga to'xtalib o'tish lozim.
Birinchi qoida.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va tarbiyachilaming 
oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari asosida ota-onalaming 
obro'sini oshirish va mustahkamlashga yo'naltirilgan harakat va tad- 
birlar turishi kerak. Ota-onalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt “qili- 
shingiz kerak”. “majbursiz” kabi jumlalarni ishlatmaslik m a’qul. Chunki 
ko'pchilik ota-onalai- o'z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat amali-
267


yotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch 
kelishlari mumkin. Tarbiyachi va ota-onalaming о ‘zaro munosabatlarining 
yagonato‘g‘ri shakli - b u o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba 
almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, 
ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning 
qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-onalarda ham shaxsiy 
javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi.
Ota-onalaming ish joylariga "Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal” 
kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-onaiar bilan 
suhbatda “qora ro‘yxat”dagi m a’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foy- 
da bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik paydo 
bo‘ladi, ikkinchidan ta’ lim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat 
shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim muassasasiga borgisi kelmasligi, 
ular bolalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko ‘ngli tortmasligini 
aytib arz qiladi. B a’zan bunday holat oilada ota-ona munosabatlari 
yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim muassasasiga 
nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo'ladi. 
Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va uslublarini tanlashda qabul qilingan 
qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash 
va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin