ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha
ota-onalami qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi boiadi.
Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’
lim muassasalari ishida muhim o ‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-
onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va
bolalarning jam oada o ‘zlarining qanday tutus-hlari va shunga o‘xshashlar
ko‘rsatiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi.
Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim
muassasasining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun
tuziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.
Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi.
Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii muassasasining
xo'jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-
onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o ‘tkazish va boshqa ishlarda
tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni
tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Q o‘mita a’zolari har ikki
oyda bir marta y ig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish
rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-onalami qiziqtiruvchi ba’zi
masalalar haqidagi m a’ruza va hisobotni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’
lim muassasasida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: