To ‘rtinchi qoida.
Oilaviy muammolarni hal qilishga doir qaror qa
bul qilishda ko‘tarinki ruh va kayfiyat, bolaning ijobiy sifatlari, oila
tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsni muvaffaqiyatli rivojlantirishga
tayanish. Tarbiyalanuvchining xarakterini
shakllanishi qiyinchiliklarsiz,
qarama-qarshiliklarsiz kechmaydi. Agar bu jarayon shaxs rivojlanishi
qonuniyatining namoyon bo‘lishi sifatida idrok etilsa, u holda mazkur
qiyinchilik, qarama-qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining saro-
simaga tushib qolishiga olib kelmaydi. Hammamizga yaxshi m a’lumki,
yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning о ‘nlab usullari mavjud,
biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.
Ana shuning uchun ham maktabgacha pedagogikaga tayyor ko‘rsatma
sifatida emas, shaxsga samarali ta ’sir etishning umumiy qonunivatlari
haqidagi fan sifatida qarash kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish-
da mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar
birgalikda faol ishtirok
etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish
mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydala-
niladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalami bog‘-
chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko'zlangan maqsad-oila sharoiti, bolaning
oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shu
ningdek ota-onalami bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish
va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganib, ommalash-
tirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga
tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st,
bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila
a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi ke
rak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‘z oldiga aniq
maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi
lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini
yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o ‘rnatilishi darkor.
Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu o ilato ‘g ‘risida (ota-onalaming fe’l-
atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida
m a’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati
va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy
269
fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib
oladi va bolaning uyidagi
hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya
qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qat-
nashtirish, kattalarga hurmat rahida tarbiyalash kabi ta'lim-tarbiya ish-
lari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning
yoshi,
imkoniyatlari, o ‘ziga xos xususiyatlari e ’tiborga olinadi.
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari
ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari mak
tabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning
navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan
a w a l u qanday kiyinayotganini ko'radilar va bolalarining uquv va imko
niyatlari ga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hiso-
botida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bola
ning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang
bo'lib. unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etadi.
Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi to‘g‘ri-
sidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to'g'risida:
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi
masalalar shular jumla-
sidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalaming
guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar
kechalari kabi ish shakllari jam oa ish shakllariga kiradi.
Dostları ilə paylaş: