balar o‘tkazish orqali boladakuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin
qilish, xulosalar chiqara olish qobiliyati rivojlanadi.
Modellashtirish
- ta’limning ko‘rgazmali-amaliy uslubi. Modellash-
tirish uslubi asosida o ‘rin almashish tamoyili yotadi: bola real narsa-
buyumning o'm ini o ‘sha predmetning tasviri, qandaydir shartli belgi
bilan almashtiradi.
Model - olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat
bo‘lib, ushbu hodisaning ro‘y berishini nisbatan ilgariroq aytib berish
imkonini beradi. Masalan, xonaning deraza va eshiklari yopiladi va
bir necha daqiqadan so‘ng tashqarida bir muddat bo‘lgandan keyin
xonaga qaytib kiriladi va xona havosi bilan tashqaridagi havoning farqi
aniqlanadi, xonaning havosi deraza va eshiklar, fortochkalar yopib
qo‘yilganligi uchun buzilgan degan xulosaga kelinadi. Yoki katta idishga
ulanganjo‘mrakdantomchilab suv oqizib qo‘yiladi. M a’lum vaqt o‘tgach,
idishdagi toza suv tugaydi. Bundan jo'm rakdan tomchi tomib tursa, toza
suv isrofgarchiligiga olib keladi, degan fikr kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: