X V I bob. 0 ‘YIN M A KTABG ACH A TA’L IM Y O SH ID A G I
BO LA L A R FAOLIYATINING A SO SIY TURI SIFATIDA
_ , .
.
, , ,
О yin maktabgacha ta lim yoshidagi bola-
0 ‘ym m ng bolalar
.
.
„
.
_
.
. . . larning asosiy faoliyati bo lib, u orqali bo-
fa“‘' L
F aS0S' 5’
staxs sifatida shakllanadi. 0 ‘yin bolaning
sifatidagi o‘ziga xoshgi
ж ,,
kelajakdagi о quv,
mehnat faoliyati, kishilar-
ga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. 0 ‘yin
bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta’lim muassasasining
ta’lim-tarbiya ishida, bolalami aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan
tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. 0 ‘yinning maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar hayotida tutgan о 'm ini
umumlashtirib, quyidagi xulosalarga
kelish mumkin:
1. 0 ‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati
namoyon bo'ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o ‘rab tur-
gan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining
barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida
aks etganjihatga o‘zm unosabatini bildirish imkonini beradi. B o l a - o ‘sib
va rivojlanib boruvchi mavjudotdir. Harakat - uning to‘la-to‘kis o‘sib-
ulg‘ayishining shartlaridan biri. Faol harakatlarga ehtiyoj o‘yinning
barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o ‘yinchoqlar bilan o ‘ynaladigan
didaktiko‘yinlarorqali to‘liqqoniqtiriladi. Shuningdek, o ‘yinlarbolaning
muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta
imkoniyatga
ega.
2. 0 ‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish
shaklidir. Ilmiy asoslangan o ‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida
bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat
kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o ‘rin egallab, u
eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni
muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasaw u r qila olishi lozim.
Shuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun
tartibidagi boshqa tadbirlami cho‘zib yuborish
orqali egallash mumkin
emas. Maktabgacha ta’lim muassasasi tayanch dasturida har kungi kun
tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, m ashg‘ulotlar o ‘tkazish bilan
bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. 0 ‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli
sifatida kichik guruhdan boshlanadi. 0 ‘yin ertalab nonushtagacha (15-20
daqiqa) boshlanadi
va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq
222
havoda, uyqudan keyin o ‘tkaziladi. Ertalab rolli o'yinlar, qurish-yasash,
harakatli o'yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg'ulot o‘rtasida
harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg'ulotning
mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan
foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o ‘yinlari,
ertak bo'yicha qo'yiladigan o'yin, rolli, didaktik o'yinlar kiradi.
3. O 'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Peda
gogika fani o'yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisob-
laydi. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko'nikma
va malakalari. harakat usullari, axloq m e’yorlari va qoidalarini, mulohaza
va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengqurlari va
kattalar bilan bo'ladigan
munosabat usullari shakllanadi, his va didlari
tarbiyalanadi.
4. O'yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O'yin
jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib bora-
di. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini
o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganida
kishilar mehnati, ularning
aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini
sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi
bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik
kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o'yin bolalardagi bilim va tasavvurlami
mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to 'g 'ri rahbarligida uning tushun-
chalari kengayadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-Vatanga, o 'z xalqiga,
boshqa
millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo'ylik, o'zini tuta bilishlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlamitarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloq-
ni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi mak
tab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o'yiniga rahbarlik qilayotib,
ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z
xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan
qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Dostları ilə paylaş: