Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

Qurilish materiallari bilan
о ‘tkaziladigan о ‘yinlarda
bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuv- 
chanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlaming eng oddiy xususiyatlari 
bilan tanishadilar.
225


Qurilish materiallari bilan bog‘liq o ‘yinlarni o'tkazishda quyidagi 
jihatlarni hisobga olish lozim:
1) qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o’ynashlari 
uchun yetarli bo‘lishi lozim;
2) guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan 
va bir necha kungacha saqlab qo‘yishning iloji bo‘lgan joy bo‘lishi kerak;
3) qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari 
bo'lgan g‘ildirakli shkaf bo‘lishi, uni bolalar istagan tomonlariga sudrab 
olib yurishlariga imkon yaratilishi kerak;
4) qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o ‘yinchoqlar, 
o ‘yinchoqli odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo‘lishi mumkin;
5) bolalarning o ‘zlari o ‘yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli 
material bo‘lishi zarur;
6) bolalarga qurilish usullarini o‘rgatish lozim;
7) qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha, 
hatto undan ko‘proq muddat saqlash kerak.
Qurilish materiallari bilan o ‘tkaziladigan o ‘yinlarning maktabgacha 
ta’lim amaliyotida keng tarqalgan turlariga 
qum bilan о 'ynash, suv bilan
о ‘ynash, qor о ‘yinlari
kabilarni kiritish mumkin.
Qum bolalarning yozda o ‘ynashlari uchun yaxshi material. Har bir 
guruhda ikkitadan qum yashigi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda 
hammabolalar o‘ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Qum bolalarning o‘y- 
nashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo‘lib hisoblanadi. Qum maxsus 
yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga quyidagi gigienik 
talablar qo‘yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘lishi; 
b) qum faqat namroq holda saqlanishi; d) bolalarning salomatligiga xavf 
solmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalarni qum bilan o‘ynashlari uchun 
bayroqchalar, o‘yinchoqlar tayyorlab qo‘yilishi kerak.
Suv bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bilan kichik yoshdan boshlab 
shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g ‘irchoqni cho‘miltirish, o‘yinchoqlar 
bilan o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin.
Qor bilan o‘ynaladigano‘yinlarbolalarda quvnoq kayfiyatni uyg‘otadi. 
Buning uchun yog‘och belkurakcha, qomi tashish uchun quticha ortilgan 
chana boiishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, 
qorbobo, qorqiz, hayvonlarning qiyofasini yasaydilar.
Didaktik o'yinlar
ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususi- 
yatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlaming
226


muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. 0 ‘yinda o'yin niyati, 
o'yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. 0 ‘yin 
niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o ‘yin 
harakatlarini, vazifasini hal etishga va o ‘yindagi harakatlarni amalga 
oshirishga yordam beradi.
Didaktik o ‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar be- 
rib boriladi. Bu o ‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim 
jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomil- 
lashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o ‘yin mazmunini 
boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. 
Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. 
Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda 
guruh yoki yakka-yakka o ‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi 
puxta aniqlanadi. Didaktik o ‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi 
kerak: 1) navbatma-navbat ta'sir etish; 2) so'ralganda javob berish; 3) 
o’rtoqlari fikrini eshita olish; 4) o'yin jarayonida boshqalarga xalaqit ber- 
maslik; 5) o ‘yin qoidasini bajarish; 6) o ‘z xatosini tan olish.
Didaktik o'yinlarda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini 
hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o ‘)dn sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, 
juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa 
bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar 
tomonidan o’yin ishtirokchilarini to‘g ‘ri baholash muhim ahamiyatga 
ega.
Didaktik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yin- 
choqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari. 
Buyum va о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynaladigan о 'yinlar
bolaning ilk yoshi- 
dan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o ‘ynaladigan o'yin turi 
hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o'yin asosini 
tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, 
loydali tomonlari to ‘g ‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. 0 ‘yinda 
o'ynaladigan har bir buyum yoki o ‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga 
cga bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi 
lozim. Bunday o ’yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, 
sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. 
Stol-bosma o'yinlari
bolalarning 
lovarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafak- 
kurini (tahlil qilish, umumlashtirish, tavsiflash) o ‘stirish imkonini beruv-
227


chi o ‘yin usulidir. Bu o'yin turiga lotto, juft rasmlar, domino va labirint 
kiradi. 
Og ‘zaki so 'z о ‘yinlari
katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan 
o ‘tkaziladi. Ular bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o'z 
fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o ‘rgatadi. Bunday o‘yinlar bolaning 
aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan 
o ‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin