“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-23, Issue-3, December - 2022 80 Amaliy mashg‘ulotning o‘ziga xos tomoni o‘quv topshiriqlarining fan
mazmunidagi o‘rni, o‘qituvchi va talaba faoliyatining tashkil etilishi bilan
xarakterlansada, amaliy mashg‘ulotning vazifasi amaliy va juda tor asosda belgilanadi.
U asosan ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlarda egallagan bilimlar bayon etilgan bilimlar
bayon etilgan malumotlarni chuqur va puxta o‘rganishga talaba mustaqil ishining sifati
va o‘zlashtirishning samarasini aniqlash bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish
maqsadida tashkil qilinadi.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni,
ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki xotira
kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr yuritish va
bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi. Hozirgi vaqtda respublikamizning
barcha ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar oldida ta’lim
oluvchilarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish,
ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik ko‘nikmalarini singdirishi kerakligi masalasi
turibdi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda
o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va
yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim
oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi
rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. O‘qitishni tashkil etish shakllarini
tanlash ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bilan belgilanadi va o‘quv ishining mazmuni hamda
metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni
tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi
bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli
xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi
mavjudligi xosdir. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi
faoliyatining tashqi ko’rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Mutaxassislik fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab
chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga
rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi
tushuniladi.
Ta`limni u yoki bu shaklini tanlashda, talabalarni kasbiy bilim, ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirish jarayonida ularning mutloq maqsadi va yaqin
vazifalari,mazmun
hamda
metodlari,
shuningdek,
moddiy
sharoitini
belgilaydigan
asosiy faktor (ko’rsatkich)larini u yoki bu shakllariga bog’liq.