Shakllanishi



Yüklə 51,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,83 Kb.
#204766
1   2   3   4   5
o-zbekiston-davlatchiligi-tarixida-boshqaruv-tizimining-shakllanishi

 
 
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi” Farmoni. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
18 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
O’zbek davlatchiligi shakllanishi, uning taraqqiyot bosqichlari to’g’risida bir 
qancha tarixchi olimlar, arxeologlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, taniqli 
tarixchilardan biri Anatoliy Sagdullayevning fikriga ko’ra, O'rta Osiyo xalqlari 
ajdodlarining davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Asrlar davomida ular 
chet el bosqinchilari (ahamoniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib borishdi. 
Turli mahalliy sulolalar davrida o’lkamizda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
o’zgarib turdi. «Avesto»da oila va jamoa, iqtisodiy va boshqaruv tizimiga oid, ya’ni 
kohin - «zaotara», jangchi - «ratayshtar», hunarmand - «xuti», ziroatchi - 
«vastryoshan» hamda uy egasi - «nmanopati», urug’ jamoasi boshlig’i - «vispati», 
zodagon - «azata», mulk - «gayta», uy-qo’rg’on - «maytana» kabi ijtimoiy qatlamlar 
va mulk egalarini belgilab beruvchi maxsus tushunchalar mavjud. Ulardan ilk 
davlatchilik tizimiga o’tish va dastlabki davlatlarning rivojlanishi tarixini o’rganishda 
foydalanish mumkin
2

Taniqli o’zbek arxeolog olimlaridan biri tarix fanlari doktori, professor 
Shopo’lat Shaydullayev ham o’z tadqiqotlarida o’zbek davlatchiligi, undagi 
boshqaruv tizimining shakllanishi, ushbu jarayonlarga ta’sir ko’rsatgan omillar 
to’g’risida batafsil ilmiy mulohazalar keltirgan. Shopo’lat Shaydullayevning 
“O‘zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari 
(Baqtriya misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida O‘rta Osiyoda 
jamoalarning paydo bo‘lishi va ularning rivojlanish bosqichlari, ilk sinfiy jamiyat 
belgilarining moddiy madaniyat yodgorliklarida aks etishi, O‘zbekiston hududida ilk 
davlatlarning paydo bo‘lish jarayonidagi shart - sharoitlar va omillar, ilk davlatchilik 
belgilarining arxeologiya manbalarida namoyon bo‘lishi kabi masalalar borasida 
izchil fikrlar keltirilgan
3
.

Yüklə 51,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin