Shakllanishi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 51,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,83 Kb.
#204766
1   2   3   4   5
o-zbekiston-davlatchiligi-tarixida-boshqaruv-tizimining-shakllanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
20 
Davlat birlashmalari paydo bo’lishining “Yevropacha yo‘li”da xususiy 
mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy 
tabaqalanish jarayoni asosiy omil bo‘lgan. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, so’z yuritilayotgan mintaqada ilk davlat 
uyushmalari sun’iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, o‘rta, quyi) 
oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida 
shakllangan. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va 
Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatishimiz mumkin. Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar markazlarining paydo bo‘lish muammolari 
davlatlar paydo bo‘lishi masalalari bilan uzviy bog‘liq masala hisoblanadi. Bizga 
qadar etib kelgan yozma manbalar O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo 
bo‘lishi haqida nisbatan aniq ma’lumotlar bermaydi. Bu masalada arxeologik 
ma’lumotlarning ahamiyati beqiyosdir.
Insoniyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va 
davlatchilik asoslari rivojlanishining asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi 
kunga kelib O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan 
ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib 
o‘rganilganligi ham fikrimizning dalilidir. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi 
mehnat unumdorligining yanada oshishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. So‘nggi 
bronza davriga kelib hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo‘jalik tarmog‘i 
sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo 
bo‘lishi uchun muhim bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi
6
.
Dastlabki davlat birlashmalarining paydo bo‘lishida ilk shaharlardagi o‘zaro 
ayirboshlash, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning ham ahamiyati nihoyatda katta 
bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar 
va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va 
madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va shimoliy hududlardan topilgan 
topilmalaridagi juda ko‘p o‘xshashliklar bu hududlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va 
madaniy aloqalardan, qadimgi yo‘llarning taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu 
jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan birga ilk davlatchilikning asosiy omillaridan 
hisoblanadi.
XULOSA 
Xulosa o’rnida aytish lozimki, turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik 
mustahkam maskanlar atroflarida dastlabki shahar markazlari shakllanib, rivojlana 
boshlaganligini tadqiqotlar isbotlaydi. Ilk shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy 
6
 
Bahodir Eshov

O'zbekistonda davlat va mahalliy
 boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. – B. 32. 



Yüklə 51,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin