Shakllanishi



Yüklə 51,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü51,83 Kb.
#204766
1   2   3   4   5
o-zbekiston-davlatchiligi-tarixida-boshqaruv-tizimining-shakllanishi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Tarixdan ma’lumki, miloddan avvalgi III–II mingyillliklarga kelib Markaziy 
Osiyoning iqtisodiy taraqqiyoti ilk shaharlar paydo bo‘lishiga imkon yaratdi. Ilk 
shaharlar dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omillardan biri bo‘lib, bu ikkala 
jarayon uzviy holda kechgan. Miloddan avvalgi II asr o‘rtalarida kichik shahar-
davlatlar shakllangan.
O’zbek davlatchiligi tarixiga doir olib borilgan tadqiqotlar shaharlardagi 
arxeologik topilmalardan ayrimlarining yoshi 2500-3000 yildan kam emasligini 
isbotlab bermoqda. Afrosiyob, Ko‘ktepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va boshqa 
2
 A.S. 
Sagdullayev

O'zbekiston tarixi
, I kitob [Matn]. - Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021. - B.25. 
3
 Sh. Shaydullayev. “O‘zbekiston hududida davlatchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya 
misolida)”. Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand: 2009. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
19 
qadimiy shaharlar shular jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda dastlabki shaharlar 
Shimoliy Baqtriyada yuzaga kela boshladi, keyin So‘g‘diyona, Xorazm va Farg‘ona 
hududlariga tarqalgan. Shaharlar sug‘orma dehqonchilik rivojlangan vohalarda, 
qadimgi savdo yo‘llari bo‘ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‘lgan. 
Ular vujudga kelgan davrdan boshlab siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy 
markaz vazifasini bajara boshlagan. Qadimgi shahar-davlatlar va davlat uyushmalari 
tuzilganligi to‘g‘risida arxeologik ma’lumotlar bilan birga qadimgi yozma manbalar, 
shu jumladan, Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi - “Avesto” qimmatli 
ma’lumotlar beradi. “Avesto”da ahamoniylargacha bo‘lgan geografik, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, diniy va boshqa ma’lumotlar joy olgan. Ushbu manbada jamiyatda 
ijtimoiy guruhlar: kohinlar, harbiylar, dehqon-chorvadorlar, hunarmandlar tabaqalari 
to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kohinlar va harbiylar hukmron tabaqalar bo‘lib, 
hokimiyatni boshqarganlar. Ayniqsa, kohinlarning mavqei baland bo‘lgan. Oila, 
qishloq, tuman, shahar va viloyatlar diniy yo‘lboshchilar tomonidan boshqarilgan
4

O’zbek xalqining davlatchilik tarixi borasida boshqa yozma manbalar, Qadimgi 
Eron bitiklaridan, Yunon-rim tarixchilaridan Gerodot, Ktesiy, Arrian, Kurtsiy Ruf
Strabon va boshqalarning asarlaridan, o‘lkamizda arxeologik tadqiqotlar olib borgan 
tadqiqotchilarning asarlaridan qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Markaziy 
Osiyoda miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalariga kelib xalqlarning shakllanishi 
jarayoni tugagan, ularning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma’muriy 
chegaralari paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekistonning 
dehqonchilik vohalarida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar, tog‘, dasht va 
cho‘llarda saklar va massagetlarning chorvador qabilalari yashagan. Ushbu xalqlar 
turkiy va eroniy tillarda so‘zlashganlar.
Tarixdan ma’lumki, davlatlarning yuzaga kelishi murakkab jarayon bo‘lib, turli 
xalqlarda o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. Davlatlar yuzaga kelishining 
“Sharq yo‘li” va “Yevropacha yo‘li” mavjud. Osiyocha ishlab chiqarish usuliga 
asoslangan “Sharq yo‘li”da yerga xususiy mulkchilik bo‘lmagan, iqtisodiyotning 
asosini sun’iy sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan, sun’iy sug‘orish inshootlarini 
jamoalar kuzatib turgan, dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi bo‘g‘inini 
tashkil etgan, yer va irrigatsiya inshootlari davlat mulki bo‘lgan, boshqaruvchilar 
tabaqasi yuzaga kelgan. Osiyocha ishlab chiqarish usuli Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, 
Markaziy Osiyo kabi hududlarda keng tarqalgan
5
.
4
 
Bahodir Eshov

O'zbekistonda davlat va mahalliy
 boshqaruv tarixi.-Toshkent: 2014. – B. 29. 
5
 A. Asqarov O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – Toshkent: 2007. – B. 91. 



Yüklə 51,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin