Shakllaridagi islohotlarning



Yüklə 27,59 Kb.
tarix22.06.2023
ölçüsü27,59 Kb.
#134104
Ashtarxoniylar



Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 21


“ASHTARXONIYLAR DAVRIDA QISHLOQ XO’JALIGI VA YER EGALIGI SHAKLLARIDAGI ISLOHOTLARNING RIVOJI”




Abraykulova Nigora Namazovna
Mirzo Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat Milliy universiteti 2-kurs magistranti


Annatotsiya: Ushbu maqolada Buxoro xonligining Ashtarxoniylar davrida olib borgan ijtimoiy siyosati haqida bilib olishngiz hamda Ashtarxoniylar sulolasining qishloq xo’jalik, savdo-sotiq va hunarmandchilik sohalariga oid ma’lumotlarni topishingiz mumkin.
Kalit so’zlar: Buxoro xonligi, Ashtarxoniylar sulolasi, Samarqand, O’ratepa, Shaxrisabz, yor egaligi, mamlakai devon, mamlakai podshohi, zamini mamla, mamlakai sultoni, mamlaka, savdo sotiq.


Ashtarxoniylar davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi. XVIII asr boshlariga oid manbalarda xonlikka bo’ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O’ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon hukmronligi davrida Hisor, Turkiston, Farg’ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta birlashtirilgan bo’lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo’qon xonliklari alohida davlat edi.
Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va o’zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo’lgan qishlok xo’jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg’ona vodiysidagi dehqonlarning o’z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o’lponlarni o’z vaqtida va doimiy yig’ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiyotini ko’tarishga harakat qilsalar-da, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko’plab sug’oriladigan yerlar jo’ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko’ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo’lmasada, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug’orish kanallarining xo’jayinlari edilar. XVII asr 80-yillarining oxirlarida Xiva hukmdorlarining ko’plab xujumlari natijasida kelib chiqqan suv ta’minotining buzilishi Ashtarxoniylar davlatidagi ko’pgina viloyatlarda, ayniqsa, Samarqand, Qarshi, Farg’ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo’ldi.
Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari davrida mamlakatning asosiy boyligi hisoblangan yerni taqsimlash rasman oliy hukmdor qo’lida bo’lsada, amalda ko’plab davlat yerlari yirik amaldorlar va din peshvolari qo’lida edi. Ayniqsa, XVIII asrdan boshlab, yarim ko’chmanchi qabilalar boshliqlari bo’lgan amirlar va beklarning hokimiyati kuchayib, ular amalda yirik hududlarning xo’jayinlari edilar.

Ilgarigi davrlarda bo’lgani kabi so’nggi o’rta asrlar davrida ham jamiyat hayotidagi shaharlarning roli aslo pasaymagan. Savdo-sotik va hunarmandchilik asosan shaharlarda markazlashgan bo’lib, fan va madaniyat ham shu yerda taraqqiy etgan. Yirik iqtisodiy, siyosiy-ma’muriy va madaniy markazlar bo’lgan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari Movarounnahrning iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynaganlar.
Toshkentda va uning atroflarida turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar to’xtashlari uchun karvonsaroylar mavjud bo’lgan. Shuningdek, karvonsaroylar Chirchiq daryosi bo’ylab ketuvchi tog’ yo’li bo’ylarida ham qad ko’targan. Toshkentning keng dasht hududlari chegarasidagi vohada joylashganligi bu davrda ham shahar xo’jaligining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsada, manbalar ko’chmanchilarning ko’plab hujumlar uyushtirganliklari haqida ham ma’lumotlar beradilar. Shu bilan birga Toshkentning himoya devorlari ko’p martalab shahar aholisining himoyasini ta’minlaganligi haqida ham ma’lumotlar bor.
Shayboniylar davridayoq poytaxtga aylantirilgan Buxoro shahri ham yirik harbiy- siyosiy, ma’muriy va madaniy markazlardan bo’lib, ashtarxoniy hukmdorlarning qarorgohi shu yerda joylashgan edi.
Bu davrda hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar bo’lib kelgan bo’lsada, o’zaro iqtisodiy munosabatlarning zaiflashuvi hamda natural xo’jalikning rivojlanishi sababli eng kerakli xunarmandchilik mahsulotlari yetishtirish ko’pgina yirik qishloqlarda ham rivojlana boshlaydi. Mamlakatning hunarmandchilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji asosan mahalliy hunarmandlar mahsulotlari hisobiga qondirilardi. Bu davrda to’qimachilik va u bilan bog’lik hunarmandchilik turlari rivojlanishda davom etadi.
Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va o’zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo’lgan qishloq xo’jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg’ona vodiysidagi dehqonlarning o’z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o’lponlarni o’z vaqtida va doimiy yig’ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiyotini ko’tarishga harakat qilsalarda, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko’plab sug’oriladigan yerlar jo’ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko’ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo’lmasa-da, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug’orish kanallarining xo’jayinlari edilar. To’g’ri, sohada ma’lum ishlar amalga oshirildi. Masalan, Imomqulixon davrida, 1614-1615 yillarda Qarshi qamali, 1633-1634 yillarda Qo’shqo’rg’onda kata kanal qazilib, yon-atrofga suv chiqarilgan. Lekin bu kabi ishlar hajmi shunchalik kam darajada bo’ldiki, dehqonchilik sohasida amaliy natijalarga olib kelmadi. XVII asr 80-yillarining oxirlarida Xiva hukmdorlarining ko’plab hujumlari natijasida kelib chiqqan suv ta’minotining buzilishi Ashtarxoniylar davlatidagi
ko’pgina viloyatlarda, ayniqsa, Samarqand, Qarshi, Farg’ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo’ldi. Manba tili bilan aytilganda , “dehqonlarda tariq va bug’doy noni ham yo’q edi”.
Siyosiy beqarorlik va o’zaro urushlar davom etib turgan og’ir sharoitda ham dehqonlar o’z xo’jaliklarini davom ettirishga harakat qilganlar. Buxoro xonligining asosiy dexqonchilik hududi Zarafshon vohasi edi. So’nggi o’rta asrlar mualliflari boshqa viloyatlarda ham ekinlar va bog’-rog’lar mavjudligi haqida ma’lumotlar beradilar. Misol uchun, Farg’onaning “ajoyib bog’lari va dalalari”, Qarshining “sug’oriladigan yerlari”, Toshkent vohasining “tog’li g’allakor tumanlari”, Termizning “yaxshi qovunlari va g’allasi”, Shahrisabzning “yaxshi hosil beruvchi yerlari” haqida ma’lumotlar bor.
Ashtarxoniylar davrida sug’oriladigan yerlarga O’rta Osiyo mintaqasi uchun an’anaviy bo’lgan bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari, dasht va tog’oldi adirlaridagi lalmi yerlarda bug’doy , arpa, qovun, tarvuz va boshqalar ekilib dehqonchilik qilingan. O’zaro urushlar dehqonchilik taraqqiyotini birmuncha orqaga surib turgan bo’lishiga qaramasdan, tinchlik davrlarida yerlardan ancha yuqori hosil olingan.
Bu davrda poliz ekinlari yetishtirish ancha rivojlangan. Bu ekinlar orasida qovun ayniqsa ko’p yetishtirilgan. Bu haqida “Boburnoma” da shunday ma’lumot beriladi. “Movarounnahrning hech qaerida Buxorodagidek ko’p va xo’b qovun bo’lmaydi. Farg’ona viloyatida, Axsida Buxoronikidan ham shirinroq miri timuriy navli qovun bo’lsada, Buxoroda qovunlarning navi ko’p, ular ham juda shirin”. Mahmud ibn Vali (XVII asr) ham ko’pgina hududlarda qovun yetishtirilganligi haqida ma’lumotlar beradi . Poliz mahsulotlaridan asosan pul ko’rinishida soliqlar olingan.
Sug’oriladigan yerlarning ko’pchilik qismini bog’lar va uzumzorlar tashkil qilgan. Samarqand , Buxoro, Toshkent kabi shaharlar atrofida ko’plab bog’lar, chorbog’lar mavjud bo’lgan .
Bu davrda chorvachilik ham qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i sifatida katta ahamiyatga ega edi. Xon va yirik saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlari, yirik chorvador boylarga tegishli katta-katta yaylovlarda, dasht hududlarida ming- minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilgan. Bobur ma’lumotlariga ko’ra, yirik zodagonlarning 30-40 mingtagacha qo’ylari bo’lgan. Andijon beklaridan biri, qal’a himoyasi paytida bu yerdagi askarlarga 18 mingta qo’y tarqatgan. Ayrim hududlarda, masalan Qorako’lda qorako’l terisi, Qarshida qora va ko’kimtir kulrang teri ishlab chiqarish rivoj topgan. Qo’ychilik yarim ko’chmanchi aholining asosiy boyligi hisoblangan.
O’troq dehkonchilik tumanlarida an’anaviy uy chorvachiligi sut-qatiq, uchun sigir, semirtirib boqish uchun buqa va qo’y boqish davom etgan. Ho’kiz va otlardan dehqonchilikda omoch tortib yer haydashda keng foydalanilgan. Chorvachilik ishlab
chiqarish ichki va tashqi bozorda talab katta bo’lgan qo’ylar, yirik shoxli hayvonlar, qorabayir otlar, ikki o’rkachli tuyalar hamda jun, teri va boshqa mahsulotlar yetkazib beradigan asosiy tarmoq sifatida ashtarxoniylar davrida ham o’z mavqeini saqlab qoldi. Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari davrida mamlakatning asosiy boyligi hisoblangan yerni taqsimlash rasman oliy hukmdor qo’lida bo’lsada, amalda ko’plab davlat yerlari yirik amaldorlar va din peshvolari qo’lida edi. Ayniqsa, XVIII asrdan boshlab, yarim ko’chmanchi qabilalar boshliqlari bo’lgan amirlar va beklarning
hokimiyati kuchayib, ular amalda yirik hududlarning xo’jayinlari edilar.
Ashtarxoniylar hukmronligi davrida yerga egalik qilishning mulki sultoniy, mulk (xususiy yer), vaqf yerlari shakllari bo’lgan. Mulki sultoniy davlat yerlari bo’lib hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga tushgan. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerdan foydalanib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat ixtiyoridagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din vakillari, ulamolar, sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om etilgan. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamaganlar. Tanho shaklida in’om etilgan yerlar tanhodorlarning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etgan. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinib, ular “mulki xurri xolis” deb atalgan. Xususiy mulk egalari odatda yerlarni yersiz dehqonlarga ijaraga berib, undan katta daromad olishgan. Diniy mahkamalarga berilgan yerlar vaqf mulklari bo’lib, ular soliqlardan holi bo’lganlar. Oliy hukmdor yerni sotish, hadya etish yoki vaqf mulkiga o’tkazish huquqiga ega bo’lgan. Shartli yer egalari suyurg’ol, iqto, tanho, tiul kabi nomlar bilan atalgan. Ta’kidlash lozimki, XVII-XVIII asrlarga kelib suyurg’olning mazmuni o’zgaradi. Bu davrga kelib suyurg’ol asosan hukmdor xizmatida bo’lgan ruhoniylar- sayidlar, xo’jalar, shayxlar, ulamolar, shuningdek shoirlarga hadya qilingan. Mahmud ibn Vali shunday ma’lumot beradi: “Agar podsho yerni kimgadir hadya tariqasida bersa, bunday yerlar ulamolar va sayidlarga berilsa, suyurg’ol deyiladi, agar harbiylarga berilsa, u holda tanho deyiladi.”
So’nggi o’rta asrlar davrida ham jamiyat hayotidagi shaharlarning o’rni aslo pasaymagan. Savdo-sotiq va hunarmandchilik asosan shaharlarda markazlashgan bo’lib, fan va madaniyat ham shu yerda taraqqiy etgan. Yirik iqtisodiy, siyosiy- ma’muriy va madaniy markazlar bo’lgan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari Movarounnahrning iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynaganlar.
Samarqand o’zining ixtisoslashgan bozorlari va savdo qatorlari bilan ajralib turgan. Manba tili bilan aytganda , “bu shaharning bitta o’ziga xos xususiyati borki, bu xususiyat boshqa shaharlarda kam uchraydi, ya’ni, har bir mahsulot uchun alohida bozor bo’lib , ular biri-biri bilan aralashib ketmaydi. Bu ajoyib an’anadir”. Darhaqiqat,
Ashtarxoniylar davriga oid turli manbalar Samarqanddagi ko’zagarlar , temirchilar , zargarlar , chopondo’zlar, do’ppido’zlar , baqqollar , qassoblar , cho’yanchilar , chitpazlar, bo’yoqchilar, nonfurushlar kabi ko’plab alohida bozorlar haqida ma’lumotlar beradilar. Bu davrdagi ko’plab me’moriy inshootlarning qurilishi tufayli shaharning ko’rinishi ham o’zgardi. Misol uchun, o’zbek amirlarining mavqei kuchaygan davrda Yalangto’shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va Tillakori(1631-1642yy.) madrasalari bunyod etildi. Samarqand atroflarida bog’-rog’lar bilan bir qatorda suv tegirmonlari ham mavjud bo’lgan. Siyob kanalidan chiqarilgan ariqlar bo’ylarida butun dunyoga mashhur bo’lgan Samarqand qog’ozi ishlab chiqarish ustaxonalari joylashgan.
Shayboniylar davridayoq poytaxtga aylantirilgan Buxoro shahri ham yirik harbiy- siyosiy, ma’muriy va madaniy markazlardan bo’lib, ashtarxoniy hukmdorlarning qarorgohi shu yerda joylashgan edi. Mamlakatning iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan Buxoro shahri manbalarga ko’ra ,bu davrda, “bir nechta darvozasi bo’lgan baland devor bilan o’rab olingan va uch qismga bo’lingan. Uning ikki qismi hukmdorga, bir qismi esa savdogarlar va bozorga tegishlidir”. Shaharda zich qurilgan turar -joylar hamda xo’jalik inshootlari (karvonsaroylar, timlar, hammomlar va hokazo) juda ko’p bo’lib, uncha aniq bo’lmagan ma’lumotlarga ko’ra, uning hududi va atrofida dehqonchilik qilinadigan yerlar bo’lgan .
Bu davrda hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar bo’lsada, o’zaro iqtisodiy munosabatlarning zaiflashuvi hamda natural xo’jalikning rivojlanishi sababli eng kerakli hunarmandchilik mahsulotlari yetishtirish ko’pgina yirik qishloqlarda ham rivojlana boshlaydi. Mamlakatning hunarmandchilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji asosan mahalliy hunarmandlar mahsulotlari hisobiga qondirilardi. Bu davrda to’qimachilik va u bilan bog’liq hunarmandchilik turlari (ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, kiyimlar tikish va boshqalar) rivojlanishda davom etadi.
Samarqand va Buxorodagi hunarmandchilik aholisining katta qismi mato bilan shug’ullanuvchi kichik ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham turli-tuman matolar tayyorlangan. Mato tayyorlash ularni mahsuloti sifati, ipagining turi, qayta ishlanishi, rang berilishi, jihatlari bilan farqlanib turgan. Matolarning asosiy xomashyosi paxta, ipak, kam hollarda jun hisoblangan. Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz kabi shaharlar va ularning atroflaridagi yirik qishloqlar olacha, bo’z, chit, duxoba kabi matolar bilan shuhrat qozongan.
Bu davrda hunarmandchilikning eng rivojlangan tarmoqlaridan biri bo’lgan kulolchilik mamlakatning barcha yirik shaharlarida, ko’pgina qishloqlarida mavjud bo’lib, bu sohaning rivojida butun O’rta Osiyoga xos an’analar bilan birga, mahalliy xususiyatlar ham alohida ajralib turadi. Kulolchilik mahsulotlari tayyorlovchi hunarmandlar asosan uch toifaga: kosagarlar (eguliklar, mevalar, shirinliklar uchun idishlar), ko’zagarlar (suyuqliklar uchun idishlar, xumlar) va qurilish ashyolari
(silliqlangan g’ishtlar, tandirlar) tayyorlovchilarga bo’lingan. Ichki bozorda kulollarning mahsulotiga talabning yuqoriligi, xomashyo manbai bo’lgan gil tuproqning ko’p joylarida mavjudligi kulolchilikning taraqqiyotini ta’minlagan edi.
Yog’ochga ishlov beruvchi hunarmandlar yog’och xomashyosidan turli tuman mahsulotlar tayyorlaganlar. Bunday hunarmandlar eshiklar va deraza romlari, aravalar va g’ildiraklari, sandiqlar, beshiklar, mehnat qurollariga dastalar va soplar, qayiqlar (Amudaryo va Sirdaryo bo’ylarida) kabi ko’plab mahsulotlar tayyorlaganlar. Eng yaxshi ustalar yog’ochga naqsh berish bilan shug’ullanganlar. Boy zodagonlar uylarining peshtoqlari, eshiklari, ustunlar shuningdek, masjid va madrasalar ustunlari, xonaqolar eshiklari boy jimjimador va murakkab bo’lgan shakldagi naqshlar bilan bezatilgan. Birgina Buxorolik savdogarlarning o’zi 200 ga yaqin kasb turlari bilan shug’ullanganlar.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000.

  2. Eshov B.J., Odilov A.A. O’zbekiston tarixi. I – jild. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014.


~ ~



Yüklə 27,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin