Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har 
ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi. Sud tartibida 
koʻriladigan nizolar boʻyicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror 
ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Natijada bir ishni koʻrish 
appelyatsiya, kassatsiya, nazorat tartiblari bilan oylab, hatto yillab 
choʻzilib ketishi mumkin. Mediatsiyani qoʻllashda taraflar ixtiyoriy 
ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yoʻllari va 
usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari 
hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab 
qoʻyishlari mumkin. Xususan,“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-
moddasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha 
taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va 
muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar 
oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuzilishi, mediativ kelishuv 
uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv 
unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan 
ixtiyoriy ravishda bajarilishi, mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda 
taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga 
haqliligi, mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar 
tomonidan ushbu kelishuvning oʻzida belgilab qoʻyilishi mumkinligi 
belgilangan. 
Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qoʻllashning keng yoyilishi 
sudlar uchun ham foydadan xoli boʻlmaydi. Ish hajmining noreal darajada 
koʻpligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. 
Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish toʻgʻri keladi. Koʻrib 


329 
chiqilishi kerak boʻlgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil 
etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan koʻrib chiqilishi 2330-
yilga kelib tugallanishi mumkin. Xitoy xalq respublikasida 2012-yilda 
sudlar ish yurituvida 200 000dan ortiq ish mavjud edi. Janubiy Afrikada 
2004-2005-yillar davomida sudlarga 128 000ta daʼvo arizasi kelib 
tushgan va shulardan 62%i oʻsha davr oraligʻida hal qilingan. 
Germaniyada esa, 4771 nafar quyi turuvchi sudyalar tomonidan koʻrilgan 
ishlar bor yoʻgʻi 1416 nafar yuqori turuvchi sudyalar tomonidan 
appelyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasida hal 
qilish sudlar ish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. 
Buni xalqaro tajriba ham isbotlaydi. Xususan, Dehli va Bangalor 
mediatsiya markazlari tashkil etilgan paytda ikki oy davomida 39 969ta 
ishni, Dubay mediatsiya markazi esa, bir oy davomida sudlar ish 
yurituvida boʻlgan ishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillarini 
qoʻllagan xolda koʻrib chiqdi. Bundan koʻrinib turibdiki, mediatsiyani 
qoʻllash nafaqat nizolashayotgan taraflar, balki sudlar uchun ham ijobiy 
taʼsirga ega. 
Oʻzbekiston Respublikasida mediatorning faoliyati professional va 
noprofessional asosda tashkil etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi 
Qonunning 12-moddasida professional mediator sifatida birinchidan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan 
mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, 
ikkinchidan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs faoliyat 
koʻrsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator 
faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini 
bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qiyoslash 
uchun Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va 
noprofessional asosda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan 
farqli oʻlaroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga 
oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan. 
Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator boʻlishi 
uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi 
uchun 18 yoshga toʻlgan hamda toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlishi 
lozim. Oʻzbekiston Respublikasida Professional mediatorlar reyestri 


330 
hududiy adliya boshqarmalari tomonidan yuritiladi va reyestr hamma 
uchun ochiq holatda tegishli adliya organlari hamda Adliya vazirligining 
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxsni Professional mediatorlar 
roʻyxatiga kiritish tartibining soddaligi mediatorlik faoliyatini davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir misolidir. “Professional 
mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi 
Nizomning (roʻyxat raqami 3092-son, 2018-yil 29-noyabr) 6-bandiga 
muvofiq maxsus oʻquv kursini tugatgan shaxs doimiy yashash joyidagi 
adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
-Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish 
haqidagi ariza; 
-pasport nusxasi; 
-Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma; 
-maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi. 
Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga 
kiritish uchun toʻlov undirilmaydi. 
Xulosa qilib aytganda, nizolarni hal qilishning muqobil usuli 
sifatida mediatsiya xalqaro tajribada sinovdan oʻtib, oʻzining bir qator 
afzalliklari bilan dunyo mamlakatlari milliy qonunchiligidan munosib 
oʻrin egallab kelmoqda. Koʻplab davlatlar mediatsiya toʻgʻrisidagi 
oʻzlarining qonunlarini qabul qilishdi va mamlakat doirasida hamda 
xalqaro miqyosdagi mediatsiya markazlarini tashkil etishdi. Bunga 
Singapur, Buyuk Britaniya, Hindiston kabi davlatlarni misol qilib 
keltirish mumkin. Bu jarayondan Oʻzbekiston ham chetda qolmadi. 
Xususan, 2018-yil 12-iyunda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul 
qilindi. 2019-yil 31-yanvarda Adliya vazirining 54-mh-son Buyrugʻi 
bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” doirasida 
professional mediatorlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Mediatsiya 
Oʻzbekiston qonunchiligida yangi institutlardan ekanligini hisobga olgan 
xolda ushbu institutni yana-da rivojlantirish uchun bajarilishi lozim 
boʻlgan bir qator vazifalar mavjuddir.
Tadbirkorlik nizolarini hal qiluvchi navbatdagi organ O‘zbekiston 
respublikasining iqtisodiy sudi tashkil qiladi. Iqtisodiy sudlar tomonidan 
ko‘rib hal qilinadigan ishlar ro‘yxati O‘zR Iqtisodiy prosessual kodeksida 


331 
keltirilgan. Unga ko‘ra, tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan 
shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘risidagi; 
shartnoma taraflari tomonidan ko‘rib chiqilishi sudga o‘tkazilishi 
kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar 
haqidagi; shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘risidagi; bitimni 
haqiqiy emas deb topish haqidagi; majburiyatlar bajarilmaganligi yoki 
lozim darajada bajarilmaganligi to‘risidagi; mulk huquqini tan olish 
haqidagi; mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-
mulkni boshqa shaxsning ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish 
to‘risidagi; intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, 
ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi; 
mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari 
egalik qilishdan mahrum etish bilan bogliq bo‘lmagan holda buzilganligi 
to‘risidagi; zararning o‘rnini qoplash haqidagi; ishchanlik obro‘sini 
himoya qilish to‘risidagi; undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga 
oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas 
deb topish haqidagi; agar qonunda jarimalarni so‘zsiz (akseptsiz) tartibda 
undirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 
yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘risidagi xamda 
 
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan 
holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablaglarini 
budjetdan qaytarish kabi nizolarni hal etish belgilangan.
Xo‘jalik tadbirkorlik nizolarni hal qilishning navbatdagi turi 
xakamlik sudlarida hal qilish hiusoblanadi. Mazkur tartib-taomillar ushbu 
kodeksning 29 moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, fuqarolik 
huquqiy munosabatlaridan kelib chiqib, yuzaga keladigan yoki yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo 
taraflarning kelishuviga binoan, iqtisodiy sud hal qiluv qarori 
chiqarguniga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.   
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasida 
fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi organlar sifatida hakamlik sudlari 
ham ko`rsatilgan bo`lib, bu tadbirkorlik yurituvchi subyektlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini qo`riqlashning turli-tuman shakllari 


332 
ichida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Hakamlik 
sudlari to`g`risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan hakamlik sudi (doimiy 
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) - 
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu 
jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida vujudga keluvchi tadbirkorlik 
nizolarini hal etuvchi nodavlat organi sifatida tan olindi.
Hakamlik sudlari orqali tadbirkorlik nizolarini hal etish fuqarolik 
huquqlarini qo`riqlashning nodavlat mexanizmi bo`lib, bu tarzda 
nizolarni hal etishning qator afzalliklari mavjud. Bu afzalliklar avvalo 
shunda namoyon bo`ladiki, birinchidan, nizo tez ko`rilsa, ikkinchidan, 
kam xarajatli bo`ladi, yani davlat boji yoki boshqa sud xarajatlari davlat 
tomonidan o`rnatilgan tartibda va miqdorda to`lanishi talab etilmaydi, 
uchinchidan, nizo malum ixtisosga va malakaga ega bo`lgan shaxslar 
tomonidan ko`rib chiqiladi, to`rtinchidan, nizo o`tkaziladigan joy va vaqt 
taraflar bilan kelishib belgilanadi, beshinchidan, har bir tarafning o`zi 
nizoni hal etish uchun hakam tanlaydi va hokazo. Bu kabi afzalliklar 
tadbirkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik sudi 
tomonidan hal etilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Hakamlik sudi ikki turda, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi va muvaqqat 
hakamlik sudi, yani aniq bir ishni ko`rish uchun hamda doimiy faoliyat 
ko`rsatish uchun tashkil etilishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin