Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik nizolarini sudsiz hal etish tartibi



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik nizolarini sudsiz hal etish tartibi 
Qonun hujjatlari bilan nizolarni sudsiz hal etish tartibi nazarda 
tutilishi mumkin. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasininng 297-sonli 2001 yil 12 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan 
“Qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning xizmat ko`rsa-tuvchi 
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi 
to`g`risida”gi Nizomning “Tomonlarning javobgarligi va nizoli 
masalalarni hal etish” haqidagi 5-bobi 38-bandida “Kelishmovchiliklar va 
nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga ko`ra, mastaqil 
ravishda yoxud bosh inspeksiya va uning hududiy organlari ishtirokida 
ushbu kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni sudgacha hal etish 
choralarini ko`radilar” deb ko`rsatilgan. Tomonlar nizoli masalalarni 
sudgacha hal etish jarayonida kelishishga erishmagan taqdirda, 
tadbirkorlik sudiga murojaat qilishga haqlidirlar.
Nizoni sudgacha hal etish. Davogarning nizoni sudgacha hal etish 
(talabnoma yuborish) tartibiga rioya etishi qonun va shartnomada ko`zda 
tutilgan hollardagina majburiydir. Agarda bu tartib Nizom va qonun 
hujjatlarida ko`zda tutilgan bo`lsa, qonunda ularning qo`llanilishi haqida 
bevosita havola etilgan hollardan tashqari, taraflar uchun majburiy 
hisoblanmaydi. Ushbu qoida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy 


338 
prosessual kodeksining 6-moddasida mustahkamlangan bo`lib, unda, agar 
qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish 
(talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada 
nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda 
hal etish choralarini ko`rgandan so`nggina, iqtisodiy sudda ish qo`zg`atish 
mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning 
arizalari bo`yicha ish qo`zg`atishni taraflar yuqoridagi choralarni 
ko`rganko`rmaganligidan qatiy nazar amalga oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasi 2-
qismiga muvofiq, shartnomani o`zgartirish va bekor qilish haqidagi 
talablar bo`yicha nizoni sudgacha hal etish tartibi shartnomaning o`zida 
ko`rsatilgan bo`lsa, taraflar talabnoma yuborish tartibini saqlagan holda 
sudda davo qo`llashga haqli bo`ladilar.
Talabnoma tadbirkorlik subyektning rahbari yoki rahbarning 
o`rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma buyurtma yoki qimmatli 
xat 
tarzida, 
telegraf, 
teletayp 
orqali, 
shuningdek, 
talabnoma 
jo`natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan 
boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo`natiladi yoxud tilxat 
olib topshiriladi.
Takidlash joizki, mazkur qonunning ushbu moddasi tadbirkorlik 
shartnomasi 
bo`yicha 
talabnomalar 
yuborish 
bilan 
bog`liq 
munosabatlarnigina tartibga soladi. Binobarin, yuklarni tashish va aloqa 
xizmatlari 
ko`rsatishga 
doir 
operasiyalardan 
kelib 
chiqadigan 
talabnomalarni transport va aloqa tadbirkorlik yurituvchi subyektlarga 
bildirish tartibi va muddatlari tegishli qonun hujjatlarida belgilab 
qo`yiladi.
Tadbirkorlik shartnomasi bo`yicha o`ziga talabnoma bildirilgan 
tadbirkorlik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy 
muddat ichida unga javob qaytarishi shart. Talabnomaga javob 
tadbirkorlik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning o`rinbosari 
tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Talabnomaga javob 
buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek 
talabnoma jo`natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini 


339 
ogohlantiradigan boshqa vositalardan foydalanilgan holda jo`natiladi yoki 
tilxat olib topshiriladi.
Talabnoma to`liq yoki qisman tan olingan taqdirda, tadbirkorlik 
yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o`zi tan olgan summani ixtiyoriy 
ravishda o`tkazadi. Agar talabnomani tan olish to`g`risidagi javobda tan 
olingan summa o`tkazilishi haqida malumot bo`lmasa, talabnoma 
bildirilgan taraf javob olganidan so`ng yigirma kun muddat o`tgach, bank 
muassasiga qarzdor tan olgan summani so`zsiz tartibda o`tkazish 
to`g`risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning 
javobi ilova qilinadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin