Shartnomaviy javobgarlik. Bu javobgarlik shartnomadan kelib
chiqadigan majburiyatlar buzilganligi hollarida yuzaga keladi hamda
shartnomaga asoslangan majburiyat buzilganligi uchun qo‘llaniladigan
huquqiy chora sifatida ko‘riladi. Shartnomadan tashqari javobgarlik
jabrlanuvchi tarafga u bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lmagan shaxs
tomonidan etkazilgan ziyon, zarar va boshqa oqibatlar tufayli paydo
bo‘ladi. Masalan, mahsulotni etkazib berish (postavka) shartnomasi
bo‘yicha mahsulot etkazib bermaslik, etkazib berish muddatlarini
buzganlik, etkazib berilgan mahsulot sifati bo‘yicha talabga javob
bermasligi
tufayli
vujudga
keladigan
javobgarlik-shartnomaviy
javobgarlikdan iborat.
FKning
1017-moddasi
va
O‘zbekiston
Respublikasining
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘grisida”gi qonuniga
muvofiq sotilgan tovarlarning nuqsonlari oqibatida iste’molchining
zararni sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Bu
erda sotuvchining javobgarligi shartnomaviy xarakterga ega, chunki u
iste’molchi (sotib oluvchi) bilan bevosita shartnomaviy munosabatda
bo‘lgan. Tayyorlovchi (ijrochi)ning javobgarligi shartnomaviy xarakterga
ega emas, chunki u iste’molchi (sotib oluvchi) bilan shartnomaviy
munosabatda bo‘lgan emas. Shartnomadan tashqari zarar etkazishdan
kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik barcha hollarda
shartnomaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.
Noshartnomaviy javobgarlik shartnomadan tashqari majburiyatlar
buzilishi
oqibatida
kelib
chiqadigan
javobgarlik
hisoblanadi.
Shartnomaviy javobgarlik bilan noshartnomaviy javobgarlikni bir-biridan
ajratish muhim yuridik ahamiyatga ega. Shartnomadan tashqari
javobgarlikning shakllari va hajmlari faqat qonun bilan belgilanadi,
shartnoma majburiyatining shakllari va miqdori esa ham qonun bilan,
ham tuzilgan shartnomaning shartlari bilan belgilanadi.
Masalan,
agar
zarar
jabrlanuvchi
bilan
shartnomaviy
munosabatlarda bo‘lmagan shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa, bunday
zarar FKning 985-1030-moddarida nazarda tutilgan qoidalarga asosan va
363
tartibda undiriladi. Agar zarar shartnomaga asosan o‘z zimmasiga
majburiyatni bajarish vazifasini olgan shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa,
bunday zarar Fuqarolik kodeksining 324-339-moddalarida nazarda
tutilgan qoidalarga asosan undiriladi.
Umuman olganda delikt va asossiz boylik ortirish oqibatida zarar
yetkazilgan bo‘lsa u holda javobgarlik shartnomadan tashqari javobgarlik
sanaladi.
Ulushli javobgarlik. Qarzdorlarning har biri yoki umumiy mulk
subyektlari orasidan bitta qarzdor qonun yoki shartnomada belgilangan
muayyan ulushda javobgar bo‘lishganda yuzaga keladi. Bu javobgarlik
turi adabiyotlarda turlicha nomlanishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda
ulushli1, ayrimlarida esa xissali2 javobgarlik tarzida qo‘llaniladi. Lekin
har ikki atama ham sinonim so‘zlar bo‘lganligi sababli xatolikni keltirib
chiqarmaydi.
Ulushli javobgarlik umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan qoidadan
iborat bo‘lib, qonunda va shartnomada solidar va subsidiar javobgarliklar
nazarda tutilmagan hollarda qo‘llaniladi.
Bunday javobgarlik ulushlar asosida tashkil etilgan yuridik shaxslar,
oddiy shirkat shartnomasi, oila mulki, umuman olganda umumiy mulk
asosida bir necha shaxs mulkdor bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan
majburiyat munosabatlarida uchrashi mumkin.
Masalan, tijorat vakili o‘zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi
turli taraflarning (masalan, tovarni sotib oluvchi va sotuvchining)
manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan ayni bir vaqtda ifodalashi
mumkin. Shartnomaning taraflari tijorat vakili oldida unga shartlashilgan
haqni va u topshiriqni bajarayotganda qilgan chiqimlarini teng ulushlarda
to‘lash bo‘yicha javobgardirlar (FKning 133-moddasi).
Ulushli majburiyatda qarzdorlarning har biri o‘zi uchun javob beradi
va unga boshqa qarzdorlarning (harakati yoki harakatsizligi uchun)
javobgarlik yuklatilmaydi. Agar majburiyat ashyosi (predmeti)
bo‘linadigan bo‘lsa, ya’ni ulushlardan tashkil topgan bo‘lsa, hamda
qonunda va shartnomada boshqacha holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa,
qarzdorlarning har biri teng ravishda javobgar bo‘ladilar.
Solidar javobgarlik. Bir majburiyat bo‘yicha bir necha shaxsning
364
birgalikdagi javobgarligi hisoblanadi.
Solidar degan tushuncha fuqarolik-huquqiy munosabatlarda
sheriklikni, birgalikda harakat qilishni, biror bir vazifani, tadbirkorlik
faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan o‘zaro kelishilgan
xolda birgalikda amalga oshirish, bajarish majburiyatini olish, shuning
bilan birga olingan majburiyat bajarilmagan taqdirda birgalikda yoki biri
uchun ikkinchisi javob berish ma’nosini beradi.
Solidar qarzdorning biridan to‘liq qanoatlanmagan kreditor
olaolmagan narsasini boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga
ega. Solidar qarzdorlar majburiyat to‘la bajarilguncha burchli bo‘lib
qolaveradilar.
Masalan, Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lgan paytdan boshlab
uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy
majburiyatlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar (FKning 971-
moddasi).
Subsidiar javobgarlik – qarzdor tomonidan majburiyat bo‘yicha
qarzning qoplanmagan qismiga nisbatan uchinchi shaxsning qo‘shimcha
javobgarligi hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda subsidiar javobgar
kreditor oldida asosiy qarzdorning javobgarligiga nisbatan qo‘shimcha
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Kreditor dastlab majburiyat bo‘yicha
javobgarlikni asosiy qarzdorga qaratadi, agar u bajarilmasa subsidiar
qarzdor munosabatga jalb etiladi. Masalan, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz
yoshgacha voyaga etmaganning zararni qoplash uchun etarli mol-mulki
yoki boshqa daromad manbalari bo‘lmagan taqdirda, zarar to‘ligicha yoki
uning etishmagan qismi voyaga etmaganning ota-onasi (farzandlikka
oluvchilari) yoki homiysi tomonidan, agar ular zarar o‘zlarining aybi
bilan etkazilmaganligini isbotlay olmasalar, to‘lanishi lozim (FKning
994-moddasi).
Subsidiar javobgarlik qonunda, boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda
tutilishi yoki shartnomaga asoslangan majburiyatning shartlaridan
kelib chiqishi mumkin. Fuqarolik kodeksi 48-moddasining 4-qismiga
binoan “Agar yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaxs
uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan muassis
(ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki
365
mulkdorning gayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa,
yuridik shaxsning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs
zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik
yuklatilishi mumkin”.
Amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarida subsidiar javobgarlikni
qo‘llash sohasi avvalgi qonun hujjatlariga nisbatan ancha kengaytirilgan.
Bundan tashqari ko‘pgina yuridik shaxslar bilan bogliq qonun hujjatlarda
ham bu javobgarlik turiga keng e’tibor qaratilgan.
Uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarlik FKning 334-
moddasiga muvofiq qonun hujjatlari yoki shartnomada bevosita ijrochi
bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa,
zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxsning
majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
qarzdor javob beradi. Qarzdorning uchinchi shaxslar harakatlari uchun
javobgarligi majburiyatni ijro etish qarzdor tomonidan shartnomaga
muvofiq ana shu uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilgan va qonun
hujjatlari, majburiyatning shartlari va mohiyatidan qarzdor majburiyatni
shaxsan ijro etishi kerak degan mazmun kelib chiqmagani hollarda,
umumiy qoida sifatida yuzaga keladi (FK. 241-modda).
FKning 324, 333-moddalari talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak,
qarzdorning uchinchi shaxslar harakatlari uchun javobgarligi fuqarolik-
huquqiy javobgarlikning umumiy asoslari mavjud bo‘lganida yuzaga
keladi.
Qonun hujjatlarida bevosita uchinchi shaxs – majburiyatning
ijrochisi javobgar bo‘lishi nazarda tutilishi mumkin. Ayrim hollarda
uchinchi shaxs-ijrochining to‘gridan-to‘gri javobgarligiga doir qoida
shartnoma taraflarining kelishuvida nazarda tutilishi mumkin. Masalan,
lizing oluvchi lizing shartnomasining narsasi bo‘lgan mol-mulkni
bevosita sotuvchiga (uchinchi shaxsga) sotuvchi bilan lizing beruvchi
o‘rtasida tuzilgan oldisotdi shartnomasidan kelib chiqadigan talablarni,
xususan, mol-mulkning sifati va butligi, uni etkazib berish muddatlari
haqidagi talablarni va shartnoma sotuvchi tomonidan zarur darajada
bajarilmayotgan boshqa hollardan kelib chiqadigan talablarni qo‘yishga
haqli. Bunday hollarda qarzdor (lizing beruvchi) kreditor (lizing oluvchi)
366
oldida uchinchi shaxs, ya’ni mol-mulkni sotuvchining harakatlari uchun
javobgar bo‘lmaydi (FKning 598-moddasi).
Uchinchi shaxslarning harakati uchun javobgar bo‘lgan qarzdor ana
shu uchinchi shaxslar oldiga regress talab qo‘yishga haqli. Bunday talab
jabrlanuvchi oldida uchinchi shaxsning aybi uchun javobgar bo‘lgan
shaxs uchinchi shaxsdan o‘zi ko‘rgan zararlarni to‘liq yoki qisman
qoplashni talab qilishga haqli bo‘lgan hollarda qo‘yiladi.
Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun javobgarlikning bir qator
ko‘rinishlari mavjud. Jumladan, yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z
xodimi tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarligi, davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ularning
mansabdor shaxslari tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik,
surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga
hilof harakatlari tufayli etkazilgan zarar uchun javobgarlik, voyaga
etmaganlar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik, muomalaga
layoqatsizlar tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik kabi. Ular
aksariyat hollarda maxsus delikt asosidagi javobgarlikda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |