Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Ikkinchidan, zarar sifatida kreditor tomonidan olinishi mumkin 
bo‘lgan, ammo qarzdor majburiyatni bajarmagani tufayli olinmay qolgan 
daromadlar ham misol bo‘la oladi. Masalan, kreditor bo‘lgan davlat 
korxonasi qarzdor tashkilotning xom ashyolarni o‘z vaqtida etkazib 
berilishini kechiktirmaganida, majburiyat o‘z vaqtida bajarilgani holda 
olishi mumkin bo‘lgan, ya’ni tayyor mahsulotni sotish natijasida olishi 


360 
mumkin bo‘lgan foydaning qarzdor o‘z majburiyatini bajarmaganligi 
sababli olinmagan daromadlari kreditorning ko‘rgan zarari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qarori 
ham mavjud zarar tarkibiga faqatgina tegishli shaxs tomonidan aniq 
yetkazilgan zararlarnigina emas, balki shaxsning buzilgan huquqini 
tiklashi uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar ham kirishini 
belgilaydi. Ayni paytda bunday xarajatlarning zaruriyligi va ularning 
taxminiy miqdori javobgarlik miqdorini belgilovchi tovar, ishdagi hamda 
xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga ketadigan smeta 
(kalkulyastiya) sifatidagi va majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik 
darajasini belgilovchi shartnoma, asoslantirilgan hisob-kitob kabi boshqa 
dalillar bilan tasdiqlangan bo‘lishi ham kerak. Olinmay qolgan 
daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agarda majburiyat bajarilgan 
bo‘lganida, kreditor qilishi lozim bo‘lgan oqilona xarajatlar hisobga 
olinib aniqlanadi.
Majburiyat huquqida zararning to‘la ravishda to‘lanishi (qoplanishi) 
tamoyili belgilanadi. Shu bilan birga, fuqarolar o‘rtasidagi 
munosabatlarda sud zararning undirilishi tartibini belgilashda har ikki 
tomonning mulkiy ahvolini, xususan, qarzdorning mulkiy ahvolini 
e’tiborga olib, majburiyatning bajarilishini kechiktirishga yoki uni bo‘lib-
bo‘lib bajarilishini belgilashga ham haqli. Bu to‘grisida Fuqarolik 
prostessual qonunining tegishli moddasida qoida belgilangan. Unda 
alohida hollarda ish bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqargan sud yoki hal 
qiluv qarorini ijro etish joyidagi sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning 
arizasi bo‘yicha taraflarning mulki ahvoliga yoki boshqa holatlarga qarab, 
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga, 
shuningdek uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishga haqli deb 
ko‘rsatilgan.
Faqatgina bevosita zararlar undirilishi kerak, bilvositalari esa 
undirilishi lozim emas, chunki huquqbuzarlik va ularning yuzaga kelishi 
o‘rtasidagi sababiy boglanish huquq tomonidan hisobga olish uchun etarli 
emas.
FKning 332-moddasiga asosan majburiyatning ayrim turlari 
bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bogliq majburiyatlar bo‘yicha 


361 
qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi 
mumkin (cheklangan javobgarlik).
Masalan, yuk tashuvchi transport tashkiloti tashish uchun qabul 
qilgan mulkni yo‘qotganda, yuzaga kelgan zararni yuk jo‘natuvchiga yoki 
oluvchiga yo‘qotilgan ashyo qiymati baravarida to‘laydi. Agar yuk 
zararlantirilgan bo‘lsa, u holda zararlangan yukning qiymati qanchaga 
kamaygan bo‘lsa, shu summa miqdorida to‘laydi. Holbuki, yuk 
yuboruvchi yoki yuk oluvchining zararlari faqat yo‘qotilgan yukning 
qiymati yoki qiymatining kamayishi natijasida kelgan zarardangina iborat 
bo‘lmay, yana yuklarni saqlash uchun kerakli ombor binolarini ijaraga 
olish bilan bogliq xarajatlardan, xodimlarning bekor turgan davrida ularga 
to‘langan ish haqidan yuk tashuvchining aybi bilan materiallar va 
uskunalarning o‘z vaqtida olinmasligi natijasida sodir bo‘lgan boshqa 
zararlardan iborat bo‘lishi mumkin edi. Ammo transport tashkilotlariga 
nisbatan cheklangan javobgarlik belgilanganligi sababli keyingi zararlar 
e’tiborga olinmaydi.
Cheklangan javobgarlik transport tashkilotlari va ba’zi boshqa 
tashkilotlar uchun ham belgilanishi mumkin. Chunonchi, elektr quvvatini 
etarli miqdorida etkazib berolmagan elektr stanstiyasi faqat berilmagan 
elektr quvvati qiymati miqdorida javobgar bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar 
o‘rtasidagi majburiyat munosabatlarida ko‘proq tatbiq etiladigan mulkiy 
sankstiya – neustoykadir.
Neustoykani undirish uchun faqat qarzdorning o‘z majburiyatini 
bajarmaganligi ko‘rsatilsa kifoya va bunday majburiyatning 
bajarilmasligi natijasida etkazilgan konkret moddiy zarar miqdorini 
isbotlash talab qilinmaydi. Agar muayyan majburiyat uchun belgilangan 
javobgarlik miqdori qonunda aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday 
javobgarlikni cheklash to‘grisida o‘zaro kelishishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Majburiyat bo‘yicha javobgarlikning turlari ushbu majburiyatning 
xususiyatlari, qaysi maqsadni ko‘zlab va uni amalga oshirish uchun 
tuzilgan bo‘lishi, nimaga, ya’ni qaysi yuridik faktga asosan vujudga 
kelgan bo‘lishi bilan ifodalanadi. Masalan, majburiyat shartnomaga 
asoslangan yoki shartnomadan tashqari bo‘lishiga qarab javobgarlik 
shartnomaviy yoki noshartnomaviy, javobgarlik bir necha shaxslar 


362 
o‘rtasida bo‘lingan bo‘lishiga qarab ulushli, solidar va subsidiar 
xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin