Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tadbirkorlik subyektlarining ishchanlik obro`sini himoya



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

5-§. Tadbirkorlik subyektlarining ishchanlik obro`sini himoya 
qilishning o`ziga xos xususiyatlari 
Xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishda ro`y beradigan 
turli huquqbuzarliklar natijasida nafaqat xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning mulkiy manfaatlariga, balki ularni pok nomi, ishchanlik 
obro`siga ham jiddiy zarar va ziyon yetishi mumkin. Shu sababli ham 
Fuqarolik kodeksining 100-moddasida yakka tadbirkorni va yuridik 
shaxslarni ishchanlik obro`sini yuridik muhofaza qilish asoslari belgilab 
qo`yilgan. Sha’n va qadr-qimmatdan farqli ravishda ishchanlik obro`si 
tadbirkorlik subyektini tadbirkor sifatidagi xususiyatlari bilan ham, uning 
shaxsiy huquqlari bilan ham uzviy ravishda bog`liqdir.
Odatda ishchanlik obro`si deyilganda, tadbirkorlik subyektini 
professional malakasi, saviyasi darajasi, u tomonidan ishlab chiqarilgan 
tovar, bajariladigan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlar sifati, shuningdek 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida o`zining kontragentlari bilan 
munosabatlarni yo`lga qo`yishda qanday etik-ahloqiy tamoyillar asosida 
ish ko`rishi bo`yicha tasavvurlar tushuniladi.


351 
Ko`p hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o`z mahsulotlarini 
yuqori 
sifatli 
bo`lishiga, 
boshqa 
subyektlar 
bilan 
bo`lgan 
munosabatlardan insofli, adolatli foy dalanishga intilish, turli xayr-ehson 
tadbirlarini amalga oshirish yo`li bilan o`z ishchanlik obro`sini yuqori 
darajada ushlab turishi, uni doimiy mustahkamlashga harakat qiladilar.
Ammo xo‘jalik (tadbirkorlik) sohasida o`zaro munosa batlar har 
doim ham silliq va bir maromda ketavermaydi. Bozor tizimidagi kuchli 
raqobat bazi tadbirkorlik yurituvchi subyektlarni g`ayriahloqiy va 
g`ayriqonuniy usullardan foydalangan holda bozorda huddi shunday 
turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchi 
boshqa subyektlar bo`lgan raqibini obro`sizlantirishga, uni ish- ishchanlik 
obro`sini yerga urib, u to`g`risida badnom qiluvchi malumotlar 
tarqatishga undashi mumkin. Bunday harakatlar uchun amaldagi 
qonunchilikda tegishli ravishda jinoiy-huquqiy, mamuriy-huquqiy va 
fuqarolik-huquqiy javobgarlik belgilab qo`yilgan. Xalqaro tadbirkorlik 
amaliyoti bo`yicha ham o`z raqibini ishchilik obro`sini g`ayriqonuniy 
usullar bilan yerga urish g`irrom raqobatni (noinsof raqobatni) bir 
ko`rinishi hisoblanadi.
Ishchilik obro`sini fuqarolik huquqiy tartibda himoya qilishda 
Fuqarolik kodeksining 100-moddasida belgilangan normalar qo`llaniladi. 
Bunga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o`zining ishchanlik obro`siga 
putur yetkazuvchi malumotlar yuzasidan, basharti bunday malumotlarni 
tarqatgan shaxs ularni haqiqatga to`g`ri kelishini isbotlay olmasa, sud 
yo`li bilan raddiya berilishini talab qilishga haqli.
Basharti, tadbirkorlik subyektning ishchanlik obro`siga putur 
yetkazuvchi malumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo`lsa, 
ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, 
bunday malumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat 
almashtirilishi lozim. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud 
tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyekt ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi malumotlar e'lon qilinganda, u ayni 
o`sha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, o`zini himoya qilish 
huquqiga ega. Agar, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud 


352 
qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda 
undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to`lash qoidabuzarni 
sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish 
vazifasidan ozod etmaydi.
Tadbirkorlik yurituvchi subyektlar o`rtasida ishchanlik obro`siga 
dahl qilinganlik bilan bog`liq nizolar O`zbekiston Respublikasi IPKga 
muvofiq iqtisodiy sudlar tomonidan ko`rib chiqib hal etiladi. Yakka 
tadbirkor bilan jismoniy shaxs o`rtasidagi bunday toifadagi nizolar 
fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ko`rib chiqib hal etiladi.
Ishchanlik obro`si o`z mohiyati va xarakteriga ko`ra, ham mulkiy, 
ham shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi. Uning mulkiy xarakteri shunda 
namoyon bo`ladiki, ishchanlik obro`siga putur yetkazilganda tadbirkorlik 
yurituvchi subyektni mahsulot va tovarlariga bo`lgan talab keskin 
kamayadi yoki u bozorda o`tmay qoladi. Shuningdek, u bilan hech bir 
shaxs shartnomaviy munosabatlarga kirishmay qo`yadi yoki o`ta qattiq 
shartlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishadi. Tadbirkorlik 
munosabatlarida unga nisbatan ishonch keskin pasayib, uning mulkiy 
ahvoliga tasir ko`rsatishi tabiiy. Bunday holda yetkazilgan moddiy 
zararlar O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 14-
moddasiga muvofiq undiriladi. Ishonchlik obro`sini mulkiy huquq 
sisifatida namoyon bo`lishi yana shunda yaqqol ko`rinadiki, O`zbekiston 
Respublikasining “Chet el invistisiyalari to`g`risida”gi qonunida gudvill 
(ishchanlik obro`si) investitsiya sifatida O`zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotiga kiritilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Shunga qaramasdan ishchanlik obro`si shaxsiy nomulkiy huquq 
ekanligini etirof etmoq lozim. Chunki u yuqorida takidlanganidek
xo‘jalik yurituvchi subyektlarnining ahloqiy sifatlari bilan bog`liq. 
Binobarin, ishchanlik obro`siga putur yetganda ma’naviy zarar 
yetkazilishi ham tabiiy. Ma’naviy zarar O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 1022-moddasida subyektning jismoniy va 
ma’naviy azoblari tariqasida namoyon bo`ladi. Bu holat yakka tadbirkor 
bo`lgan jismoniy shaxslarda to`liq namoyon bo`ladi, ammo tijorat yuridik 
shaxslarida bu holat bevosita emas, balki bavosita tarzida o`z ifodasini 
topadi. Boshqacha aytganda, yuridik shaxsga yetkazilgan manaviy zarar 


353 
uning ishchilik obro`siga putur yetkazilishi sababli uning rahbarlari
xodimlari, jismoniy shaxs bo`lgan mulkdor muassislari jismoniy 
og`riqlari, azob-uqubatlari ko`rinishida ro`y beradi, deb aytish mumkin.
Ma’naviy zararni qoplash miqdori tadbirkorlik yurituvchi subyektga 
yetkazilgan jismoniy va manaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek 
ayb tovon to`lashga asos bo`lgan hollarda zarar yetkazuvchining ayb 
darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini 
aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari etiborga olinishi lozim.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin