Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
1. 
Tadbirkorlik faoliyatida nizolarning kelib chiqishi va ularni 
bartaraf etish asoslari.
2. 
Tadbirkorlik nizolarini hal qiluvchi organlar
3. 
Tadbirkorlik nizolarini hal etish va sud hujjatlarini qayta 
ko`rish
4. 
Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi.
5. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarnining ishchanlik obro`sini 
himoya qilish tartibi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


354 
10. BOB. TADBIRKORLIK MUNOSABATLARIDA 
JAVOBGARLIK MASALALARI 
1.Tadbirkorlik 
munosabatlarda 
javobgarlik 
tushunchasi. 
Javobgarlikning asoslari va turlari.
2.Tadbirkorlik munosabatlarda shartnomaviy majburiyatlarini 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy 
javobgarlik.
3.Tadbirkorlik 
faoliyatida 
moliyaviy, 
mamuriy 
va jinoiy 
javobgarlik.
4.Tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy 
javobgarligini erkinlashtirish masalalari.
  
1.Tadbirkorlik munosabatlarda javobgarlik tushunchasi. 
Javobgarlikning asoslari va turlari. 
Tadbirkorlik munosabatlarda javobgarlik tushunchasi keng 
tushuncha bo‘lib, uni xususiy huquqiy va ommaviy huquqiy javobgarlik 
shakllarga bo‘lish mumkin. Xususiy huquqiy javobgarlik asosan 
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadi. Ommaviy huquqiy esa 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yuzaga keladigan 
munosabatlarda yuzaga keladi. Bunga misol qilib, tadbirkorlik faoliyatini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, soliq, er ajratish, bank, sugurta, ekologiya, 
qurilish va h.k.
Tadbirkorlik munosabatlarida javobgarlik tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining 
kafolatlari 
tugrisidagi 
qonunda 
nazarda 
tutilgan 
majburiyatlardan vujudga kelib, bularga qo‘yidagilarda o‘z ifodasini 
topadi: 
 
o‘zlari 
tuzgan 
shartnomalardan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlarni bajarishi; 
 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;
 
mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan 
shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash 
yagona 
tarif setkasining
birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz 
bo‘lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi, 


355 
shuningdek ish beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sugurta 
qilishi;
 
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, 
ekologiya, sanitariya va gigiena sohasidagi qonunchilik va normativ 
hujjatlar talablariga rioya etishi;
 
raqobat to‘grisidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya 
qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
 
realizastiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun 
sertifikatlarga ega bo‘lishi;
 
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari 
o‘zgarganligi to‘grisida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor 
qilishi; 
 
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik 
talablariga muvofiq yuritishi; 
 
o‘z faoliyati to‘grisidagi hisobotlarni tegishli davlat 
organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin