Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 
 
 


347 
4-§. Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi 
Qonuniy kuchga kirgan har qanday sud hujjatlari O`zbekiston 
Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning 
o`zini-o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan IPKda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda 
ijro etiladi.
Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiy protsessual kodeksi, Sudlar to‘grisidagi O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlarida 
belgilangan tartibda ya’ni “Sud 
hujjatlarining majburiyligi” asosida xamda O‘zbekiston Respublikasining 
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 
29.08.2001 yildagi 258-II-sonli Qonuni asosida ijro etiladi. 
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar, 
fuqarolar 
uchun 
majburiydir 
hamda 
O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro 
etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish IPKning beshinchi 
bo‘limida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, ya’ni, “Sud hujjatlarini ijroga 
qaratish” asosida sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, 
bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari 
mustasno
34

Da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, kelishuv bitimini 
tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga 
qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining, arbitrajning hal 
qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro 
etilishi lozim
35

Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida 
amalga oshiriladi. 
34
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
35
(O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi O‘RQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)


348 
Ijro varaqasi sud tomonidan berilib, undiruvchining sud hujjatini 
majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro 
varaqasidir
36

Ijro varaqasini berish tartibi xam ushbu kodeks tartiblari asosida 
berilib, unda agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta 
undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, sud 
undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining 
ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan 
holda bir nechta ijro varaqasini beradi. 
Pul summalarini bir necha javobgardan undirish to‘g‘risidagi sud 
hujjati asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi 
beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan 
bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi 
va solidar javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi 
sanab o‘tilishi kerak. Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud 
tomonidan beriladi. 
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida ijro 
varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra davlat 
ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi. Budjetga mablag‘larni undirish 
uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati 
qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida yuboriladi. Ijro 
varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin
37

Ijro varaqasining mazmunida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi 
kerak: 
1) ijro hujjatini bergan sudning nomi; 
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami; 
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana; 
Oldingi tahrirga qarang. 
36
Qarang: Mazkur Kodeksning 336 — 338-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va 
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, 7-moddasi birinchi qismining 
1 — 4-bandlari. 
37
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro 
etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma 
qarorining 3-bandi.


349 
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining 
ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, qarzdor 
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor 
yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami; 
5) sud hujjatining xulosa qismi; 
6) ijro varaqasini ijro etish tartibi va usuli, agar bu haqda sud 
hujjatida ko‘rsatilgan bo‘lsa; 
7) sud hujjati kuchga kirgan sana; 
8) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati. 
Ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri 
bilan tasdiqlanadi. 
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati, ijro varaqasi sud hujjati 
qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran yoki sud hujjatining ijrosi 
kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, muddat tugagan 
kundan e’tiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. 
Agar sud hujjatining ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uning ijrosi 
to‘xtatib qo‘yilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun 
belgilangan muddatga qo‘shib hisoblanmaydi. 
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi, agarda ijro 
varaqasi ijroga taqdim etilganda xamda ijro varaqasi qarzdor tomonidan 
qisman ijro etilganda uziladi. 
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan so‘ng 
muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar 
o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib hisoblanmaydi. 
Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi 
sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat 
uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi 
undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi. 
Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan 
muddatini tiklashga qonunchilikda yo‘l qo‘yiladi, unga muvofiq, agar ijro 
varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi 
ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib 


350 
yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga 
haqli. 
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb 
topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. 
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash 
to‘g‘risidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik 
muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. 
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza 
kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud 
ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda 
xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib 
chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. 
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning 
ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.Ajrim ustidan 
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin