384
belgilaydi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo‘zishning ijtimoiy
xavfliligi shundaki, ushbu jinoyatni sodir etish natijasida alohida xo`jalik
subyektlariga monopolistik faoliyatni
amalga oshirish uchun real
imkoniyat vujudga keladi. U bozor iqtisodiyoti faoliyatiga juda salbiy
tasir etadi, chunki bozor iqtisodiyotini amalga oshirishning asosiy
shartlaridan biri monopoliya bilan sig`ishmaydigan erkin raqobatdir.
Raqobat shartlari barcha mulk shakllarining
tengligi kapitalning bir
muhitdan boshqa muhitga erkin oqib o`tishini taminlovchi ishlab
chiqilgan iqtisodiy mexanizm hisoblanadi. Iqtisodiy munosabat
ishtirokchilarining iqtisodiy erkin bo`lishi shartdir. Monopoliyaga qarshi
qonun hujjatlarini bo‘zish bozorning yuqorida ko`rsatilgan
muhim
elementlariga, shuningdek, alohida fuqarolar,
jamiyat va davlatga ham
moddiy zarar yetkazadi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini bo‘zish jinoyatining
obyekti o`rnatilgan tartib va bozorni samarali boshqarish qoidalari
shaklidagi O`zbekiston
iqtisodiyotining asoslari, xo`jalik yurituvchi
subyektlarning o`z huquq va imkoniyatlarini amalga oshirishlariga
to`sqinlik qiluvchi monopolistik faoliyatni
amalga oshirishning oldini
oluvchi munosabatlar hisoblanadi. Fakultativ obyekti xo`jalik subyekti
sifatida faoliyat ko`rsatmaydigan alohida fuqarolar va davlatning qonun
bilan qo`riqlanadigan huquq va manfaatlari bo`lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasi 1-
qismida nazarda tutilgan harakatlar monopoliyaga qarshi faoliyat olib
borish vakolati berilgan organga axborot bermaslikdan
yoki bila turib
haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumotlarni taqdim qilishdan iborat
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: