Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4.Tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy 
javobgarligini erkinlashtirish masalalari. 
2021yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish 
uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir” 
mavzusida mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi 
uchrashuvda so‘zlagan nutqida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 
tadbirkorlar uchun yanada qulay imtiyozlar yaratish buyicha o‘z 
takliflarini bildirdi. Xususan, ikkinchi yo‘nalish – soliq tizimini 
takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga oid.
Ma’lumki, so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi.
Ko‘pchilikning esidan chiqqan bo‘lishi mumkin, yaqingacha 
Pensiya, Maktab va Yo‘l jamarmalariga biznes uchun oir yuk bo‘lgan 3,2 
foizli yiimlar to‘lanar edi. Ushbu yiimlar korxonalarning foydasidan qat’i 
nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 
foiz foydasiga teng bo‘lgan.
Byudjetdan tashqari jamarmalarga mazkur yiimlarni bekor qilish 
hisobidan 7 mingga yaqin korxonalar har yili o‘rtacha 6 trillion so‘m soliq 
to‘lashdan ozod bo‘ldi. Masalan, birgina “Andijonkabel” korxonasi 
ixtiyorida 11 milliard so‘m, “Lactalis Agro” qo‘shma korxonasida esa 3 
milliard so‘m mabla qoladigan bo‘ldi. Mol-mulk, daromad solii va 
ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi.
Aniq misollar bilan gapiradigan bo‘lsak, transport sohasida soliq 
yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, to‘qimachilik va elektr 
texnikasi sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi.


390 
Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga 
qaramasdan, qo‘shilgan qiymat solii 20 foizdan 15 foizga tushirildi, 
ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga 
pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. 
Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m 
mablani biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi. Lekin soliq stavkalari 
va soliq ma’murchiligi bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan 
haqli savollar hali juda ko‘p.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin