Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Bankrotlikni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik.
Tahlil etilayotgan jinoyat bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikni 
amalga oshirishning belgilab qo`yilgan tartibini, belgilovchi hamda 
taminlovchi ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo`ladi.
Mazkur jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, u sodir etilishi 
bilan bozor iqtisodiyotining asosiy qonunlari bo‘ziladi, xalq xo`jaligining 
normal faoliyat ko`rsatishi izdan chiqadi, bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishida to`siqlar vujudga keladi, xo`jalik subyekti faoliyati 
chalkashadi, asoslanmagan tavakkalchilikka yo`l qo`yiladi. Bankrotlikni 
yashirish, soxta bankrotlik kabi, aholining ko`z o`ngida amalga 
oshirilayotgan islohotlarni moliyaviy mablag`dan mahrum qiladi va 
ayrim holatlarda, iqtisodiyotning davlat darajasida makroiqtisodiy 
tanazzuliga olib kelishi mumkin.Ushbu jinoyat xo`jalik yurituvchi 
subyektning haqiqatga to`g`ri kelmaydigan malumot yoki hujjatlarni 
taqdim etish, buxgalteriya hisobotlarini bo‘zib ko`rsatish yo`li bilan 
iqtisodiy jihatdan o`zining to`lovga qodir emasligini yoki iqtisodiy 
nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p 
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lishda ifodalanadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 181-moddasi 1-
qismiga ko`ra, xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri 
kelmaydigan malumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalterlik 
hisobotlarini bo‘zib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining 
to`lovga qodirligini yo`qotganligi yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha 
tarzda qasddan yashirishi kreditorlarga ko`p miqdorda zarar 
yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yo‘z baravaridan 
ikki yo‘z baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan 
huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq to‘zatish ishlari yoki 
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Obyektiv 
tomondan jinoyat xo`jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to`g`ri 


389 
kelmaydigan malumot yoki hujjatlarni taqdim etishi, buxgalteriya 
hisobotlarini bo‘zib ko`rsatish yo`li bilan iqtisodiy jihatdan o`zining 
to`lovga qodir emasligini (iqtisodiy nochorligini) yoki boshqacha tarzda 
yashirishida ifodalanadi. Amaldagi qonunchilikka ko`ra, “xo`jalik 
subyekti (firma, birlashma, tashkilot, korxona, xususiy korxona)ning 
to`lovga qobiliyatsizligi deganda, qarzdorning o`z qarz majburiyatlarini 
o‘zoq vaqt mobaynida tugata olmasligi va to`lanishi lozim bo`lgan 
mablag`larni 60 kun mobaynida kirita olmasligini tushunish lozim”. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin