383
iqtisodiy nochorligi haqidagi boshqa faktlarni berkitish tushiniladi. Shuni
takidlab o`tish lozimki, yashirish faqatgina faktik vujudga kelgan holatlar
bo`yicha yo‘zaga kelgan munosabatlarga xosdir. Shuning uchun xo`jalik
subyektining kelajakda bo`lishi mumkin bo`lgan qarzlarini to`lay
olmasligi bilan bog`liq malumotlarni taqdim etmasligi bankrotlikning
yashirilishi deb qaralishi mumkin emas. Bu o`rinda shunga alohida etibor
berish lozimki, xo`jalik subyektini to`lovga
qobiliyatsizligi faktini
belgilashda faqatgina o‘zaytirilgan qarzdorlik majburiyatlari inobatga
olinishi lozim, chunki to`lash muddati yetib kelmagan majburiyatlar
bo`yicha xo`jalik yurituvchi subyekt qarzdor deb topilmaydi.
Shuningdek, to`lovga qobiliyatsizlikni belgilashda
alohida etiborni
xo`jalik subyektida mavjud (balansida ro`yxatda bo`lgan) mulkning
tahliliga qaratmoq lozim, chunki bankrotlik
naqd pul yoki naqd pulsiz
shakldagi yuqori likvidli aktivlargina emas, balki faqatgina qarzdorlik
bo`yicha to`lovga butun mol-mulki yetmaganda yo‘zaga keladi.
Dostları ilə paylaş: