3.Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy, ma’muriy va jinoiy
javobgarlik.
O‘zRsi Soliq Kodeksida soliq majburiyatilrini buzganlik uchun
qo‘yidagi moliyaviy jazo choralari belgilangan:
1)
Yuridik shaxslar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin
tovlaganliklari uchun yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan
jismoniy shaxslar ushbu xarakatlarni sodir etsa.
2)
Daromad (foyda)ni yashirish.
374
3)
Soliq bo‘yicha deklarastiyalar hisob-kigoblar va qmsobotlarni
taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqsimlamaganlik uchun.
4)
Buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki uni buzgan holda
yuritganlik uchun.
5)
Faoliyat turlari bilan listenziyasiz shugullanganlik uchun.
6)
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs
hisob-kitobga kirishmasdan ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, tovar sotish
operastiyalarini o‘tkazganlik uchun.
7)
Soliq va yigimlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib
yuborilganda.
Tadbirkorlik nizolarini mamuriy tartibda hal etish.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi
kodeksi (MJTK)da soliklar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlash, shuningdek, soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib
bormaslik yoki kassa operastiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun
javobgarlik belgilangan.
Tadbirkorlarni tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini
buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shuning uchun xam,
tadbirkorlik faoliyatida tabiiy ob’ektlrdan foydalanish talab va qoidalarini
buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning ‘ziga xos xususiyatlari xam
mavjud. Tadbirkorlarni tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va
qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos
sifatida ma’muriy huquqbuzarlikni ya’ni nojo‘ya xatti – xarakatni sodir
etishi yetarli hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikda, tadbirkorlarni tabiiy ob’ektlardan
foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka
tortish asosi va uning tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining MJTKda
belgilangan. Ushbu kodeksning 10-moddasida ma’muriy huquqbuzarlik
deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda
tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka,
davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy,
375
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki
harakatsizlik tushuniladi
38
.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy
javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy
javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish, ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi
g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi
yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga
ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik
qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish agarda
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki
harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra
bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin
deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi
mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan
ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik
orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, mazkur mazkur kodeksda nazarda tutilgan
huuqubuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, shu jumladan tadbirkorlarni
tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun
basharti bu huquqbuzarliklar o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka
sabab bo\lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyatida
tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun
ma’muriy javobgarlikka tortishdan asosiy maqsad – barcha
tadbirkorlarning ‘rjkjubr qonunlarni aniq va to‘gri bajarishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarni
tadbirkorlik faoliyatida aniq va to‘gri ijro etilishi, hurmat qilishi, tadbirkor
yuridik va jismoniy shaxslardan lozim bo‘lgan burch yoki majburiyatlarni
o‘z vaqtida bajarishlarini, amalga oshirishlari, zero ular tabiy ob’ektlardan
38
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
376
foydalanish bilan bogliq huquqbuzarlikni oldini olish va unga qarshi
kurashishdan iboratdir.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar, O‘zR MJTKda ko‘rsatilgan qo‘yidagi huquqbuzarlik turlarini
sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladilar:
Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish, yerdan, suvdan, o‘simlik
yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud
yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti
suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda
buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan
maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish
39
.
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu
jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud
bo‘lmagan holda ulardan foydalanish. O‘zboshimchalik bilan egallab
olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan
yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish.
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik, Sug‘oriladigan yerlarni
o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi,
yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi,
shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi
fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi.
Oz miqdorda talon-toroj qilish, Mulkchilik shaklidan qat’i nazar
korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish,
rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li
bilan oz miqdorda talon-toroj qilish.
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining
xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, Nodavlat tijorat tashkilotining
yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining
39
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 197, 202 — 204, 2291-moddalari, O‘zbekiston
Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni,
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Suv va suvdan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yer osti
boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni.
377
o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin
bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan
shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga
xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy
manfaatdor etish.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti
xizmatchisining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim
yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib
olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki
mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, o‘‘zganing
mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni
tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining
besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n
besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz
baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda esa,
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha
bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar, muassasalar,
tashkilotlarning mol-mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar
yetkazish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining,
mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish. Moddiy
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
qoidalarini buzish Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros
ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida
378
muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy
madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda
boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki
buzish. Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga
tushirish, Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida
unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda
foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga,
tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa
harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq
xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar
tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida
sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan
yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta
tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha
majburiyatlarning bajarilmasligi.
Yer berish tartibini buzish, Yer berish tartibini buzish, xuddi
shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda
uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa
bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik
qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch
baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik
yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik.
Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish,
davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, Tasdiqlangan yer tuzish
loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi
shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni
joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish,
davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish
to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin
tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish.
379
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer
uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat qilmaslik.
Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q
qilish yoki shikastlantirish. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish talablarini buzish, foydali qazilmalar joylashgan
maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma
konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati
organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan
foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni
litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qa’ridan foydalanishda ishlarni
olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza
qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti
boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli
ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini
kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik
belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek
umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga
egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish.
Foydali
qazilmalarni
ruxsatnomasiz
qazib
olish,
foydali
qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, xuddi shuningdek oltin
izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari
hamda daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno.Yer
osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari
va talablarini buzish.Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish,
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni
muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi
suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish.
Zararli moddalar va qorishmalarga oid operatsiyalarni kema
hujjatlarida qayd etish majburiyatlarini bajarmaslik, Suvdan foydalanish
va suv iste’moli qoidalarini buzish, tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar,
daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy
380
suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli
qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv
obyektlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va
boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek loyihada
nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari
bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish.
Suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan
foydalanish qoidalarini buzish, O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish
qoidalarini buzish, Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish tartibini
buzish, O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan
foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish, Qizil kitobga kiritilgan
o‘simliklarni yig‘ish, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini
buzish, O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish,O‘rmonlarda
yong‘in xavfsizligi talablarini buzish.
Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera
havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish yoki
atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish.
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan
foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik. Ozon
qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni
buzish.
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan
transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash
hamda foydalanishga chiqarish. Atmosfera havosini muhofaza qilish
talablariga rioya qilmaslik. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va
boshqa dorilarni shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni
hamda bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qo‘llanish
qoidalarini buzish, Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa
chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash,
utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni
muhofaza qilish talablarini buzish, Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy
chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq
maishiy chiqindilarni to‘kish, Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini
joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish.
|