Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
FKning
324-moddasida
qarzdor
majburiyatni
butunlay
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga
etkazilgan zararni to‘lashi shartligi normalangan. Qarzdorning
majburiyatni bajarmasligi natijasida vujudga kelgan va to‘lanishi lozim
bo‘lgan kreditorning xarajatlari deganda, kreditor tomonidan mazkur
majburiyat yuzasidan qilingan xarajatlar va qarzdorning o‘z vazifasini
bajarmaganligi bilan bogliq xarajatlar tushuniladi. Chunonchi, mahsulot
etkazib beruvchi tomonidan mahsulotning belgilangan muddatlarda
etkazib berilmasligi tufayli mahsulot oluvchi korxonaning faoliyat
ko‘rsatib turishi vaqtida qilingan xarajatlar to‘lanishi lozim.
Majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mulk shartnoma
shartlariga muvofiq kelmaganda va kreditor bunday hollarda mulkni
qarzdorga qaytarish yoki majbur bo‘lganida kreditor zararlarining
undirilishidan qat’i nazar, mulk uchun to‘langan pul summalarining
o‘ziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
367
Kreditor qarzdorning o‘z vazifasini bajarganligi tufayli yo‘qotgan
mulkining qiymatini yoki mulkning zararlanishi natijasida uning qiymati
kamayishidan kelgan summalarning to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida shartnomaviy narxlar amal
qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ba’zi hollarda
majburiyat vujudga kelgan paytdagi narx bilan zararni undirish vaqtidagi
baholar o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Qonunda ushbu holatlar ham
ko‘zda tutiladi. FKning 324-moddasi 2-qismi mazmuniga ko‘ra, agar
qonun hujjatlari yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan
bo‘lsa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda,
qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu,
talab ixtiyoriy qanoatlantirilmagan bo‘lsa, da’vo qo‘zgatilgan kunda
mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni
to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni
e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Kreditor tomonidan olinmagan va to‘lanilishi qarzdordan talab
qilishga haqli bo‘lgan daromadlar deganda, qarzdor o‘z majburiyatini
lozim darajada bajarmaganida kreditorning olishi mumkin bo‘lgan
daromadlar tushuniladi. Bu ayniqsa, pul majburiyatini bajarmaganlik
uchun javobgarlik belgilashda yaqqol namoyon bo‘ladi. FKning 337-
moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablaglarini gayriqonuniy
ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni
boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish
yoki jamgarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablaglar
summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs
bo‘lganida esa, uning joylashgan erida pul majburiyati yoki uning tegishli
qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi
bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida, sud kreditorning
talabini da’vo qo‘zgatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank
foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar
qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilanmagan bo‘lsa
qo‘llaniladi. Kreditorning pul mablaglaridan qonunsiz foydalanish tufayli
unga etkazilgan zarar yuqorida ko‘rsatilgan foizlar summasidan oshib
368
ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan
qismini to‘lashni talab qilishga haqli. Ushbu modda bilan bogliq
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
qarori1da ham tartibga solingan.
Zarar ko‘rilganligini isbotlash va bunday zararning qarzdorning
majburiyatni bajarmasligidan kelgan bo‘lishini isbotlash, shuningdek
zararning miqdorini hisoblab ko‘rsatish vazifasi zararning undirilishi
to‘grisida talab qo‘yadigan kreditorga yuklatiladi.
Qonunda kreditor qarzdordan yo‘qotilgan ashyoning qiymatinigina
talab qilishga haqli bo‘lib, majburiyatning qarzdor tomonidan
bajarilmasligi natijasidan olinmay qolgan daromadlarni talab qilishga
haqli bo‘lmasligi hollari ham mavjud.
Qonun ba’zi hollarda zararlarni to‘lagan qarzdorning majburiyatni
asl holida bajarish burchini ham belgilaydi.
Qonunning 330-moddasiga asosan, basharti qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat
bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun
neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod
qiladi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirish
majburiyatini
bajarmaslik
oqibatlari
FKning
331-moddasida
normalangan.
Agar ashyoni oluvchilar egaligiga topshirish to‘grisida shartnoma
tuzilmay, bu ashyoni kreditorga foydalanish uchun topshirish to‘grisida
ikki yoki bir necha shartnoma ketma-ket tuzilgan bo‘lsa, ashyoning
kreditordan biriga topshirilishi, avval shartnoma tuzgan kreditorlarning
huquqini yo‘qqa chiqaradi. Agar ashyo kreditor bilan birdek huquqqa ega
bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bu huquq bekor bo‘ladi.
Bunday holda avval shartnoma tuzgan kreditor ko‘rgan zararlarning
to‘lanishi to‘grisida da’vo qo‘zgatishga haqli.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni egalikka o‘tkazish
yoki xo‘jalik yuritishga, operativ boshqarishga yoxud foydalanish uchun
topshirish to‘grisidagi ketma-ket tuzilgan ikki yoki bir necha
shartnomalar bo‘lgani holda ashyo kreditorlardan hech qaysisiga
topshirilmagan bo‘lsa, kreditorlardan qaysi biri foydasiga ilgari
369
majburiyat vujudga kelgan bo‘lsa, ya’ni ashyoni topshirish to‘grisida kim
bilan avval shartnoma tuzilgan bo‘lsa, shunisi ustunlik huquqiga ega
bo‘ladi.
Agar ishning vaziyatlari bo‘yicha majburiyatlarning qachon
vujudga kelganligi, ya’ni shartnoma kim bilan avval tuzilganligini
belgilash mumkin bo‘lmasa, ashyoning topshirilishi to‘grisida kim avval
da’vo qo‘zgatgan bo‘lsa, bu shaxs imtiyozga ega bo‘ladi.
Muayyan ishni bajarish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari 330
moddada belgilanganidek, majburiyatni real ravishda, aslicha bajarilishini
ta’minlashga qaratiladi. FKning mazkur normasi qarzdor tomonidan
majburiyatning bajarilmaganida shartnoma yuzasidan bajarilishi lozim
bo‘lgan ishni, birinchi navbatda, o‘zi bajarishi yoki bajarishni boshqa
shaxsga topshirishi va mazkur ishni bajarish uchun zarur xarajatlarning
to‘lanishini qarzdor zimmasiga qo‘yish huquqini beradi.
Fuqarolik prostessual qonunlarda javobgarni muayyan harakatlar
qilishga majbur etadigan da’volarning qilinishi va bu to‘grida sud
qarorining chiqarilishi nazarda tutiladi. Majburiyat bo‘yicha amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni bevosita qilishga majbur etish
mumkin bo‘lmaganligi tufayli qonun, agar javobgar qarorni belgilangan
muddatda bajarmasa, da’vogar bu harakatlarni javobgar hisobidan o‘zi
bajarishga va shu munosabat bilan qilingan zarur xarajatlarni undan
undirishga haqli ekanligi to‘grisida sud o‘z qarorida ko‘rsatishga haqli
bo‘ladi, deb ko‘rsatma beradi. Agar qonun yoki shartnomada nazarda
tutilmagan bo‘lsa, majburiyatni bajarmagan qarzdor hisobiga ishning
kreditor tomonidan bajarilishiga yoki u bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha
boshqa shaxs tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qarzdor, ya’ni javobgar tomonidan bajarilmagan faqat uning
tomonidangina bajarilishi mumkin bo‘lsa, bunday harakatlarni qilishga
qarzdorni majbur etadigan qarorda sud qarori ijro etilishi muddati
belgilanadi, agar sud qarori belgilangan muddatda ijro etilmasa,
javobgarga qonunda ko‘rsatilgan tartibda jarima solinishi mumkin.
Ba’zi hollarda ishni ijro etish mumkin bo‘lmaganida, kreditor
majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi tufayli o‘ziga
etkazilgan zararning to‘lanishini talab qila oladi. Qarzdorning
370
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari Qarzdorning majburiyatni
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uning aybisiz sodir
bo‘lganligi yoki bunday holat kreditorning aybi bilan bogliq bo‘lsa,
umumiy qoida bo‘yicha qarzdor javobgarlikdan ozod bo‘ladi. Qarzdor
tomonidan majburiyatning aniq bajarilishiga to‘sqinlik qilgan yuqorida
ko‘rsatilgan yuridik faktlardan birining bo‘lishi – majburiyat bajarilishi
mumkin bo‘lmasligi tushunchasini bildiradi.
Oddiy tasodifiy holat – yuridik ma’noda majburiyatning qarzdor
tomonidan uning va kreditorning aybi bo‘lmay turib bajarilganligi yoki
lozim darajada bajarilmaganligini sodir qilgan holat hisoblanadi. Bunday
holatlar uchinchi shaxslarning, chunonchi, boshqa shaxslarning
harakatlari bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. Masalan, begona bir
shaxsning harakatlari natijasida qarzdor yo‘qligida u tomondan oldi-sotdi
shartnomasi bo‘yicha kreditorga topshirilishi lozim bo‘lgan uyga o‘t
tushib, yonib ketishini ko‘rsatish mumkin. Bozor munosabatlari
sharoitida tadbirkorlikning ahamiyatini hisobga olgan holda tadbirkorlar
uchun muhim kafolatni ko‘zda tutadi. FKning 333-moddasi 3-qismiga
asosan basharti, qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki
lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga
engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni, favqulodda va muayyan sharoitlarda
oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon
bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.
Qarzdor tomonidan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod bo‘lishiga asos bo‘luvchi
holatlarga nazariya va amaliyotda “fors-major” deyiladi. Franstuz
huquqida bu ibora “yengib bo‘lmaydigan kuch” va “tasodif”
tushunchasini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ayni vaqtda yengib bo‘lmaydigan kuchga taalluqli hodisalarni
ob’ektiv va subyektiv xarakteri bo‘yicha yuridik adabiyotlarda yagona
fikr mavjud emas. Qaytarib bo‘lmas kuchning ob’ektiv xarakterini e’tirof
etgan va subyektiv xarakterini tan olmaydigan mualliflar uning doirasiga
tabiiy ofatlar – zilzila, to‘fon, yongin va h.k., ijtimoiy turmush voqealari
– urushlar, inqiloblar, qo‘zgolonlar, shuningdek davlat hokimiyatining
371
hujjatlari, masalan, eksport yoxud importning taqiqlab qo‘yilishi va
umuman majburiyatning bajarilishini istisno etadigan, qarzdorga nisbatan
tashqi kuch hisoblangan, qarzdorning ham, uning o‘rnida har qanday
shaxsning ham erk-irodasiga bogliq bo‘lmagan holatlarni kiritadilar.
Boshqa nazariyotchilar, esa qaytarib bo‘lmaydigan kuchni engish
mutlaqo mumkin bo‘lmasligi shart emas, bu nisbiy bo‘lishi ham mumkin,
masalan, bu kuchni bartaraf etish qarzdorni xonavayron qiladigan holatga
keltirishi ham mumkin, deb hisoblaydilar1.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch sifatida shu majburiyatda
taraflar bo‘lgan shaxs tomonidan, uning ixtiyoridagi barcha vositalar
bilan oldini olish, qaytarish mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisa deb
baholanadi.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch oddiy tasodifiy hol kabi
majburiyatni bajarmaslikda yoki lozim darajada bajarmaganlikda
taraflarning aybi bo‘lmasligi va mazkur aniq holatlarda uni qaytarish
mumkin bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, mazkur holat
odatdan tashqari favqulodda sodir etilgan bo‘lishi kerak. Amalda bunday
holatlarda tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, zilzila, kuchli bo‘ron kabi
tabiiy ofat hollari to‘grisida so‘z yuritiladi.
Sud qarorlarida majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan qarzdorni ozod qilishga
asos bo‘ladigan qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch holatlarini ko‘rsatish
kamdan-kam uchraydi.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuchni (zilzila, toshqin, yongin
kabilarni) nisbiy tushuncha deb bilib, bunday holatlarni asos qilib,
javobgarlikdan ozod qilishqilmaslik mazkur holatlarning qanday
sharoitlarda, qanday joyda va davrda sodir bo‘lganligi e’tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarishga to‘sqinlik qilgan holat o‘zining ichki, o‘ziga xos
xususiyatlari bo‘yicha qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch sifatida
ko‘rilmaydi, balki qator sharoit va muayyan holatlarning birgalikda
kelishiga qarab belgilanadi. Qaytarib bo‘lmaydigan kuch ta’siri natijasida
zarar etkazilganligi isbotlanganda mulkiy javobgarlikdan ozod qilish
mumkin. Shu bilan birga, ayrim hollarda qaytarib bo‘lmaydigan kuch
ta’sirida etkazilgan zararning to‘lanishi ham fuqarolik qonunchiligida
372
nazarda tutilgan. Chunonchi, havo transportidan foydalanishda
yo‘lovchilarning ko‘rgan zararlari O‘zbekiston Respublikasi Havo
kodeksiga muvofiq to‘la ravishda to‘lanadi.
Qaytarib bo‘lmaydigan kuch tushunchasini aniqlash fuqarolik-
huquqiy javobgarlik to‘grisidagi masalani to‘gri hal qilish uchun zarur.
Chunki qarzdor tasodifiy holat uchun javobgar bo‘lganligi tufayli
qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch mavjud bo‘lganida, u javobgarlikdan
ozod qilinadi. Xususan, avtotransport orqali yuk yuboruvchi va yuk
tashuvchi tashkilot yuk tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni
tasodifiy holatlar sababli bajarmaganlarida javobgarlikka tortilsalar,
ammo tabiiy hodisalar sodir bo‘lganda javobgarlikdan ozod qilinadilar.
Yengib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida majburiyatni bajarmaganlik uchun
qarzdorni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda sodir bo‘lsagina
qo‘llaniladi. Binobarin, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan
bogliq bo‘lmagan majburiyatlarga nisbatan FKning 333-moddasining 3-
qismi normasi qo‘llanilmaydi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlab o‘tish
o‘rinliki, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq bo‘lgan
majburiyatning bajarilmasligi qarzdorning shartnoma bo‘yicha sheriklari
tomonidan sodir etilib, bozorda majburiyatni bajarish uchun zarur
tovarlarning yo‘qligi, qarzdorda pul mablaglari bo‘lmaganligi sababli
ro‘y bergan hollarda ular engib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati
sifatida qaralmaydi va demak, qarzdorni 333-modda 3-qismi bilan
javobgarlikdan ozod etish uchun asos bo‘lmaydi.
Kreditorning aybini ham aniqlash muhim ahamiyatga ega. FKning
335moddasida aytilganidek, agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik
tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuk berishiga yoki
bajarmaslik tufayli etkazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga
ko‘maklashgan bo‘lsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan
etkazilgan zararni kamayish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli
ko‘rmagan bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq
miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad
etishga haqli.
FKning qoidasida majburiyatlarning qarzdor, shuningdek kreditor
xatti-harakatlari tufayli bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi
373
to‘grisida so‘z boradi. Bunday hollarda qarzdorning javobgarligi hajmi
ham kamaytirilishi mumkin. Mazkur holda sud har ikki tarafning aybi
darajasini belgilashi va qarzdorning javobgarligi miqdorini tegishlicha
kamaytirishi, kreditor ko‘rgan zararlarni qisman to‘lashga majbur qilishi,
kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka summasini kamaytirishi
lozim.
Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf o‘zi uchun
foydali, tejamli samaraga erishishni ko‘zlab harakat qilar ekan, kreditor
o‘z aybi bilan zarar kamayishi uchun choralar ko‘rmasa, o‘z majburiyatini
bajarmagan hisoblanadi. Majburiyatni bajarmaslikdagi aybi keyinchalik
majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar bo‘lish
darajasini belgilashda e’tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli bo‘lsa,
ko‘rilgan zarar taraflar o‘rtasida bab-baravar taqsimlanishi zararning
faqat yarminigina to‘lashga majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa
kreditorga to‘lanmay qoladi. Ammo bunday javobgarlik barcha hollarda
ham bir xil bo‘lmaydi. Chunonchi, sud qarorlarida har ikki tarafning
aybini taqqoslab ko‘rib, to‘lanadigan zarar summasi birmuncha
kamaytirilishi hollari ko‘riladi.
Ba’zi hollarda qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha
choralarni ko‘rsa ham kreditor o‘zining harakatsizligi va beparvoligi bilan
majburiyatning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holda sud
qarzdorning majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik
javobgarligidan ozod qiladi.
Dostları ilə paylaş: |