Sharq mamlakatlar tarixi yo’nalishi kurs ishi mavzu: fors tilda maqsad ergash gaplar



Yüklə 68,95 Kb.
səhifə8/10
tarix19.05.2023
ölçüsü68,95 Kb.
#116691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farangiz MEG22

-mi+ekan shakli -mikin ko’rinishida ham qo’llaniladi: Qishlog’i-mizga Yo’ldosh Oxunboboyev kelarmikin deb, ko’z tutgan edik (A.Q.).

4. uchun: Uchun bilan birikkan maqsad ergash gapning kesimi, ko’pincha, fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida bo’ladi: Qalan-darov so’zni aylantarib, rayosat tarkibida qolish uchun xohish bildirib qo’ymasin uchun, Saida yana uning so’zini og’zidan oldi (A.Q.). E'zoz-xon uyg’onmasin uchun, Botirali sirg’anib ko’rpadan chiqdi (H.G’.).
5. toki. Bu element bilan birikkan ergash gaplarning kesimi ham fe'lning uchinchi shaxs buyruq mayli shaklida bo’ladi: ergash gap bosh gapdan keyin kelib, toki bog’lovchisi bilan boshlanadi: Isfahonga yolg’iz o’zim ketib boraman, toki o’g’lim ko’rib, ko’nglim tinchisin (F.) Ertaga artelda ham, klubda ham butun xotinlarni yig’ib voqeani aytib beramiz, toki bu qabihlikni hamma bilsin (Asq.M.).
Maqsad ergash gapning kesimi (ko’proq jonli tilda) degan maqsadda, degan niyatda, degan umid bilan kabi shakllar orqali ham shakllanadi va bosh gapga birikadi: Qizlar orasida sevgilim bormikan degan niyat bilan, Harib saroyga ko’z tashladi (F.).
Maqsad ergash gaplar deb, uchun, degan umidda, degan niyatda, degan maqsadda, degan umid bilan, degan niyat bilan shakllari orqali bosh gapga biriksa, birinchi o’rinda, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi, biriktiruvchi shakllar ergash gap, toki shakli orqali bosh gapga biriksa, ikkinchi o’rinda keladi va toki bog’lovchisi ergash gap tarkibida bo’ladi. Maqsad ergash gap bosh gapning biror bo’lagini izohlasa, bosh gapning o’rtasida qo’llanadi: U esini o’nglab, tomoshabinlar to’planmasin uchun, dadasiga jerkibroq: "yuring" dedi (A.Q.). Guro’g’libek, yov qochib ulgurmasin deb, otining boshini quydi (F.).
Fors tilida Maqsad ergash gap
Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning
maqsadini bildirib keladi.
Ergash gap bosh gap bilan که ke,تا to, برای آنکه baroye on-ke, برای اینکه ?
baroye in-ke ergashtiruvchi bog’ovchilar orqali bog’anadi.
Agar o‘zbek tilida avval maqsad ergash gap, keyin bosh gap
kelsa, fors tilida aksincha, avval bosh gap, so‘ng maqsad ergash gap
keladi va ergash gapning kesimi doimo مضارع التزامی. shaklida
bo'ladi. Bunda که ke va تا to, bog'lovchilari doimo bosh gapdan so‘ng
keladi. Masalan:

  • من به مغازه ی کتابفروشی رفتم که رباعیات عمر خیام را بخرم

. man be mag 'oze-ye ketobfo ‘rushi raftam ke ro ‘bo 'iyot-e omar xayyomro bexaram – Men Umar Xayyom ruboiylarini sotib olish uchun kitob magaziniga
bordim.

  • او پنجره را باز کرد تا هوای اطاق عوض شوم.

U panjarero boz kard to havo-ye о 'toq avaz shavad - Uyning havosi almashsin deb, u derazani ochdi.

  • .آنها هر روز ورزش می کنند برای آنکه سالم باشند

onho har ruz varzesh miko'nand baroye on-ke solem boshand - Ular sog‘lom bo'layin deb, har kuni badantarbiya qiladilar.
که ke, تا to, برای آنکه barony on-ke, برای اینکه baroye in-ke bog’ovchilari
sinonim bo‘lib, birining o‘mida ikkinchisi ishlatilishi mumkin.
Bular orasida کهke ko‘proq uchraydi.


      • من به کتابخانه رفتم که درس فردا را خاضر بکنم.

Man be ketobxone raftam ke dars-e fardoro xozer beko'nam – Men ertangi uyga vazifani tayyorlash uchun kutubxonadan bordim


Yüklə 68,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin