2.1 Fors tilida Ergash gap turlari haqida qisqacha ma’lumot
Fors tilida Ergash gaplar turlari: Maqsad ergash gap;
To'ldiruvchi ergash gap;
Payt ergash gap;
Aniqlovchi ergash gap;
Shart ergash gap;
Sabab ergash gap;
To'siqsiz ergash gap.
To’ldiruvchi ergash gap To’ldiruvchi ergash gap bosh gapning kesimini to'ldirib keladi. To‘ldiruvchi ergash gap odatda bosh gapdan keyin kelib, u bilan که ke, ergashtiruvchi bog’lovchisi orqali bog‘lanadi. Masalan:
همه می داند که جمهوری ازبکستان طرفدار صاح پایدار است.
Hame mi donad ke jo’mhuri-ye o'zbakeston tarafdor e so’lh- poydor ast – Hamma biladiki, O‘zbekiston Respublikasi mustahkam tinchlik tarafdoridir.
معلوم شد که او دیروز مریض نبود.
Ma’lum sho’d ke u diruz mariz nabud – Ma’lum bo’ldiki, u kecha kasal bo’magan..
Payt ergash gap Payt ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning paytini, qay vaqtda bajarilganini bildiradi va کی؟ key? چه؟ che vaqt? در چه وقت؟ dar che vaqt? (qachon, qaysi paytda?) savollariga javob bo‘ladi.
Payt ergash gap bosh gapga چون؟ Chun? وقتی که؟ hangomi-ke?؟ همین کهhamin-ke?, به محض اینکه؟be mahz in-ke? تا؟to, تاکه؟to-ke, پس از آنکه؟ p a s az on-ke, بعد از انکه؟ b a 'd az on-ke,؟ پیش ار آنکه pish az on-ke, قبل ار آنکه؟ qabl az on-ke kabi bo‘glovchilarorqali bog‘lanadi.
Aniqlovchi ergash gap Aniqlovchi ergash gap bosh gapning egasini yoki boshqa biror bo‘ lagini aniqlab keladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan کهke bog‘ lovchisi orqali bog’lanadi. - ke bog‘lovchisi bosh gapning bevosita aniqlanib kelgan bo‘ lagidan so‘ng qo‘yiladi. Odatda aniqlovchi ergash gapda aniqlanib kelayotgan so‘z urg‘usiz bir ی - i qabul qilib keladi va bu ی - i fors grammatikasida یا ی اشاره yo-ye eshore deyiladi. Masalan:
شخصی که دیروز پیش شما آمده دانشیار ما است.
shaxs-i ke diruz pish-e sho ‘mo omade bud doneshyor-e mo-st - Kecha sizning oldingizga kelgan kishi bizning o ‘qituvchimiz.