Sharq mamlakatlar tarixi yo’nalishi kurs ishi mavzu: fors tilda maqsad ergash gaplar



Yüklə 68,95 Kb.
səhifə7/10
tarix19.05.2023
ölçüsü68,95 Kb.
#116691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Farangiz MEG22

Sabab ergash gap
Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildirib keladi. Sabab ergash gap bosh gap bilan quyidagi bog‘ lovchilar orqali bog’laniib keladi:

    1. چون chun;

    2. چونکه chun-ke;

    3. زیرا ziro;

    4. زیراکه ziro-ke

Bu bog'lovchilar ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, o’zbek tiliga -gani uchun, -gani sababli birikmalari hamda chunki, uchun so’zlari orqali tarjima qilinadi.


Sabab ergash gap bosh gap bilan qaysi bog’lovchi orqali bog’langan bo’lishiga qarab, bosh gapdan oldin yoki undan keyin kelishi mumkin.
1. Agar sabab ergash gap bosh gap bilan چون؟ chun bog’lovchisi
orqali bog'langan bo’lsa, sabab ergash gap bosh gapdan oldin keladi
va چون chun bog’lovchisi gap boshida bo'ladi. Masalan:


  • چون زیاد باران بارید نمی توانسیم به ماهی گیری برویم

  • chun ziyod boron borid mo namitavonestim be mohigiri beravim - Ko‘ p yomg’ir yoqqani uchun biz baliq oviga chiqa olmadik.

2. Agar sabab ergash gap bosh gapga چونکه chun-ke, زیرا ziro, زیراکه
ziro-ke bog'lovchilari orqali bog’langan bo'lsa, sabab ergash
gap bosh gapdan keyin keladi va bog’lovchi uning oldiga qo‘ yiladi.
Masalan:

  • من نتوانستم پیش تو بیایم چونکه وقت نداشتم.

  • man natavonestam pish-e to beyoyam chun-ke vaqt nadoshtam - Vaqtim boimagani uchun, sening oldingga kela olmadim


2.2. Maqsad ergash gap va uning ishlatilishi
O'zbek tilida Maqsad ergash gap
Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini anglatadigan ergash gaplar maqsad ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Maqsad ergash gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanma-gan, yuzaga kelishi endi mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko’chati ekamiz gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponent (bosh gap)dagi harakatning qanday maqsadda yuzaga kelishini, bajarilishini anglatadi.
Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. deb (deya, deyishib). Bunda ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe'lning birlik va ko’pligidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs shaklida bo’ladi: Nevaramni ko’ray deb, bobosi kelibdi (S.Zun.). Ishonchimni doim oqla deb, Xazonlardan meni saqla deb, Ulug’ jangda meni yoqla deb, Kurol berding qo’llarga 6ahor (U.). Bola ekan, tish chiqardim, yovlarni tishlasin deb, tog’day og’ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb (H.O.). Bunday qo’shma gaplarda ergash gapning fe'l kesimlari buyruq mayli shaklida bo’lsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, istakni anglatadi.
2. -r-(ar)+ekan. Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarili-shi taxmin-tavakkal, mo’ljal qilinadi: O’g’limga tegmasa, o’rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim (O.). So’zim qanday ta'sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildi (A.Q.).
3. –mi+ekan: Baxtim bormi ekan deb, Menga yormi ekan deb, kelaberdilar bari, Kattakon chinor sari (H.O.).
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin