IMPORT 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 21 171,5 mln. AQSh dollarini va 2019- yilga nisbatan 87,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6%), sanoat tovarlari (16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga toʻgʻri keldi. Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2020- yilning yanvar-dekabrida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 911,3 mln. AQSh dollariga kamaydi va 19 955,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1 216,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya va Chexiya Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
2.2. O’zbekistonda bojxona bojlarining qo‘llanilishi amaliyoti
Davlat tovarlar olib kirilishi (olib chiqilishi)ni cheklashi yoki aksincha ragbatlantirishiga bog’liq ravishda iqtisodiy va bojxona siyosatining to’rtta asosiy turi farqdanadi
Qisman cheklashlar siyosati
Proteksionizm
Erkin savdo
Taqchil bozorni to’ldirish siyosati - «teskari protektsionizm». Ushbu siyosat milliy bozor nihoyatda taqchil bo’lgan taqdirdagina samarali bo’ladi.