Buyuk alloma Abulqosim Firdavsiy o’z asarlarida mehnatkash xalqning ezgulikka, yaxshilikka, dangasa va ishyoqmas kishilarni qoralashga bag’ishlangan. Mashhur asari “Shohnoma”da kishi kamolotida, yaxshi turmush kechirishida mehnatning o’rni haqida shunday deydi:
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,
Ganj topmast hech kimsa topmast ersa ranj.
Hunarda tinimsiz, ishchan donishmand,
Toza ruhi doim fikro’ o’yiga band.
Firdaysiy har bir kishini baxtli hayot kechirishida yoshlikdan boshlab hunar o’rganish va bu yo’lda dangasalikdan qochish kerakligini hamda mehnat barcha yutuqlarning garovi ekanligini ta’kidlaydi.

Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida kishilarni halol mehnat qilishga hamda mehnatning hayot uchun eng zarur omil ekanligini ta’kidlaydi. “Tadbiri manozil” asarida barcha jamiyat a’zolarini dehqonchilk, hunarmandchilk, chorvachilik bilan shug’ullanib xalqqa foyda keltirishlari kerakligini uqtiradi. Ibn Sinoning fikricha, mehnatsiz hayot kechirish kishini jismoniy va ruhiy tomondan ezadi. Bunday hayot kechirish yomon oqibatlarga olib kelishiuni tushuntirib, ota-onalarning o’z bolalariga yoshligidan boshlab mehnat tarbiyasini berish zarurligini aytadi.

Uning fikricha, bolaga yoshligidan boshlab ma’lum bir kasbga o’rgatish lozim. Chunki bola kasb-hunarni ma’lum darajada o’zlashtirib bo’lgandan so’ng uni o’sha paytlardan boshlab, o’z kasb-hunaridan foydalanishg, ya’ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishga o’rgatish kerak.