«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

R
Raqobat
– 1) basma-baslikka bellashuv; 2) biror-bir sohada eng yuqori natijaga
erishish borasida olib borilgan kurash.; 3) yuqori foyda olish
aktivlar
hudud
sionizm


244
maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi kurash; xo‘jalik yurituvchi shaxslarning
bozorda o‘z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga
ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko‘rinishda:
a) tarmoqlararo; b) tarmoq ichida ko‘rinishlarda bo‘ladi. Tarmoqlararo
R.- turli yo‘nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kapitalini
eng qulay  joylashtirish, ko‘p foyda olish uchun olib borgan kurashi.
Tarmoq ichidagi R.- bir xil ko‘rinishda  mahsulot ishlab
chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay sotish
uchun olib borgan kurashi. Halol R- bozordagi kurashda qabul
qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga asoslanadi. G‘irrom
R o‘z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1) raqib haqida
noto‘g‘ri  va noaniq ma’lumotlar tarqatish; 2) mahsulotning sifati,
ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini aldash, uni adashtirish;
3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto‘g‘ri  foydalanish;
4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) raqib mahsulotining
sifati to‘g‘risida asossiz ma’lumot tarqatish va h.k.
Reklama
– (fr.reclame)-tovar yoki ko‘rsatiladigan xizmat to‘g‘risidagi xolis
axborot, ularni ko‘proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning
xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus
firmalar orqali  amalga oshiriladi va yuqori daromad manbayi
hisoblanadi.
Rentabellik – (nem.rentabel – foydali, daromadli)-foyda olish darajasi. R. ma’lum
davr mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan
asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot vositalari qiymati
yig‘indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari –
tannarxga nisbati sifatida foizlarda  hisoblanadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin