XI asr boshida G‘aznaviylar davlati, keyinroq Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G‘aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud G‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘playdi, olimlarni ilmiy ishga taklif etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning mashhur “Hindiston” asarini shu erda yaratgan edi.
XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o‘z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Bayt-ul-hikma” -Donishmandlar uyi tarixda “Ma’mun akademiyasi” deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masixiy, tabib Abulxayr Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug‘ullanganlar.
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish Sharq Renessansi – Uyg‘onish davrining boshlanishga olib keldi.
Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Yer satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.