Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi.
Odamiylikning mezoni.Navoiyning fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am tashvishi bilan yashashdir:
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. O’rta asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular qoshiga toshhovuz qurdiradi.
Jomiy uchta lirik devon, yetti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyaga oid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi.
Jomiy asarlari. Jomiyning ‘Lujjat ul-asror” (“Sirlar dengizi”, 1475), “Ashiat ul-lamoat” (“Yiltillagan nur”, 1476) diniy-falsafiy qasidasi Ibn Sinoga bag’ishlangan. Dostonlarida xalq ommasining eng yaxshi orzu-umidlarini kuylagan. 7 dostondan iborat “Haft avrang” (“Etti taxt” yoki “Katta ayiq”, 1480—87)dagi “Silsilat uz-zahab” (“Oltin zanjir”, 1472), “Tuhfat ul-ahror” (“Nuroniylar tuhfasi”, 1481—82), “Sibhat ul-abror” (“Taqvodorlar tasbehi”, 1482— 83) dostonlarida yuksak xulq-atvor mezonlarini targ’ib qilgan, kishilarni ma’rifatga, yurtparvarlikka, to’g’rilik, insof va iymonga chaqirgan.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.