Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/11
tarix15.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#61554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-Mavzu

Maqollar:

  • «Odamning olasi ichida – yilqiniki tashqi(sirti)da».
  • «Ho’kizning ortin oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq»
  • «Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonlik».
  • «Odobning boshi – til»
  • «Ilon o’zining egriligini bilmay, tuyaning bo’ynini egri deydi»
  • «Bir qarg’a bilan qish kelmas».
  • «Keng to’n to’zimas, kengashli bilig artamas”.
  • «Kichikda qatiqlansa ulg’adu sevinur».

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari – pandnoma asar sifatida

Yusuf Xos Xojib

(Taxminan 1019-1020 yillar)

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari – pandnoma asar sifatida

Qutadg’u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak asar nomidan ham uning pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar, xar tomonlama yetuk insonni tarbiyalaydigan darslik ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. «Qutadg’u bilig» asari Sharqda pandnoma turkumidagi an’anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan xolda tuzilgan.

Avval nasriy muqaddima, so’ng 73 bobdan iborat kitobning mundarijasi beriladi. Dastlabki o’n bir fasli debocha bo’lib, xamda, na’t va Qoraxonni madh etish, ta’lim maqsadi, o’n ikki burj, tilning axamiyati, muallifning uzri, ezgulik xaqida, bilim olishning axamiyati, kitobga nom berilishi, keksalikdan afsuslanish kabi fasllardan iboratdir. O’n ikkinchi fasldan boshlab asosiy voqea bayoni e’tirof etiladi. Lekin asarda to’rt qaxramon – Kuntug’di – adolat ramzi, vazir — Oyto’ldi – davlat va baxt ramzi, vazirning o’g’li O’g’dulmish – aql ramzi, sifatida, O’zgurmish – vazirning qarindoshi – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga bog’langan xolda bayon etilib, kitobni yozishdan o’z oldiga qo’ygan maqsadga bo’ysundiriladi.

Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati

Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko’zda tutilgan:


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin