Sharq va g'arb falsafasida inson masalasi reja


Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Yüklə 78,64 Kb.
səhifə4/9
tarix16.04.2023
ölçüsü78,64 Kb.
#98844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sharq va g\'arb falsafasida inson masalasi reja

Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
Insonni o‘rganishga nisbatan «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar, ayniqsa, ajralib turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi. Bunda insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi, lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan belgilanadi. Bunday yondashuvlar, ayniqsa, nemis antropologlari M.SHeler (1874–1928) va A.Gelen (1904–1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens (1903–1989) ijodiga xosdir.
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi; tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu erda falsafa ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari N.A.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi vakillariga ko‘proq xosdir. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun yagona asos mavjud emas.
Biologizatorlik konsepsiyalari. Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi. XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish, deb hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari sifatida qaraydi.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy tanlanish haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, balki uning mohiyatini, pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng darajada xos bo‘lgan irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar fikriga ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan belgilanadi va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – engishga qodir emas.

Yüklə 78,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin