SHARQ VA G„ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI
REJA:
1. Inson borlig‗ining o‗ziga xos xususiyatlari.
Ong tushunchasi va uning
mohiyati.
2. Sharq va G‗arb falsafasida inson muammosi.
3. Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo‗lishi. Misr va Bobil
falsafiy maktablari. Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar.
4. Markaziy Osiyoda ―Avesto‖ ta‘limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o‗rta asr
Sharq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn
Sino).
1. Inson borlig„ining o„ziga xos xususiyatlari. Ong tushunchasi va uning
mohiyati.
Tabiatning oliy mahsuli, gultoji bo‗lgan inson borlig‗iga, o‗ziga xos manfaat
va ehtiyojlarga ega bo‗lgan, o‗zligini anglay biladigan shaxslar kiradi. «Til va
tushuncha sohibi bo‗lgan tirik zotdan ortiqroq mukammal bo‗lgan biror zot
yo‗qdir», - deydi Abu Nasr Forobiy.
Shaxs - bu o‗zining ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‗liq bo‗lgan va individual
suratda ifodalangan xislatlarga, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlariga ega
bo‗lgan odam. Har bir shaxs o‗zining tug‗ma xususiyatlari bilan bir qatorda
ijtimoiy xususiyatlarga egadir. Ijtimoiy — munosabatlar majmui, kishilarning
kundalik turmush tarzi, insonning mohiyatini belgilaydi.
Inson borlig‗i uning
aqliy va jismoniy mehnati, ehtiyoj va manfaatlarini
qondirish uchun xatti-harakatlari, axloq-odob, dunyoqarashi va h.k. namoyon
bo‗ladi, o‗z ifodasini topadi.
O‗ziga xos individual xarakterga,
intellekt, emotsional xususiyatlariga,
temperamentga ega bo‗lgan har bir insonning mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga
qo‗shgan hissasi bilan uzviy bog‗liq. Jamiyatda mavjud bo‗lgan barcha narsalar
insonning mehnati tufayli va inson uchun yaratilgan. Shuning uchun insonning
qadr-qimmati qanchalik yaxshi e‘zozlansa, ularning faolligi ham, jamiyat
taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi ham shunchalik ko‗p bo‗ladi.
Sho‗rolar hukumati hukmronlik qilib turgan vaqtlarda so‗zda «hamma
narsa
inson uchun, inson baxt-saodati uchun», deb e‘lon qilinsa-da, amalda insonning
erki va huquqlari chegaralanib, ularning qadr-qimmati oyoq osti qilinib kelingan
edi. Mustaqil respublikamizda insonning shon-shuhrati, qadr-qimmatini e‘zozlash
davlatimiz siyosatining asosiy yo‗nalishlariga aylangan.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining ikkinchi moddasida
«davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi», «xalq davlat
hokimiyatining
birdan-bir
manbaidir»,
deb
mustahkamlab
qo‗yilgan.
Jamiyatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan
islohotlarning maqsadi ham
bitta - fuqarolarning munosib hayot kechirishini, tinchlik va milliy totuvligini
ta‘minlashdan iboratdir. «Barcha islohotlarning - iqtisodiy, demokratik, siyosiy
islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush
va faoliyat sharoitlarini
vujudga keltirishdan iborat», - degan edi O‗zbekistonning birinchi Prezidenti
I.A.Karimov.
Ma‘lumki, inson borlig‗i jamiyat taraqqiyotining birdan bir manbaidir.
Ijtimoiy borliq hodisalarning barcha turlarini o‗z ichiga qamrab oladi. Jamiyat bir
biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy etnik, oilaviy
va h.k. munosabatlardan tarkib topgan,
doimo taraqqiy etib, rivojlanib turadigan
jonli organizmdir. Jamiyat tabiat taraqqiyotining zaruriy oqibatidir. Organik
olamning taraqqiyoti ma‘lum bir davr sharoitlarida odamning kelib chiqishiga,
uning jamoa munosabatlari va mehnat jarayonida o‗sishiga, so‗ngra kishilik
jamiyatining tashkil topishiga olib kelgan. Shuning uchun ham tabiat jamiyatni
bir-biridan ajratib qarash, ularni qarama-qarshi qilib qo‗yish noto‗g‗ri.
Borliq jonli tabiatning oliy mahsuli bo‗lgan inson ongida aks etadi. Shunday
ekan
ong nima, u qanday qilib paydo bo‗lgan degan savollar ustida inson eng
qadim zamondayoq o‗ylay boshlagan. Natijada ong muammolarini talqin qilishda
turli holatdagi tasavvurlar vujudga keladi.
Sharq falsafasi va islom ta‘limotiga ko‗ra, ong Olloh tomonidan insonga
in‘om qilingan ruhning zahuroti, u o‗lmas va abadiydir. Forobiyning fikricha,
―odamlarning bir avlodi o‗lib ketgach, ularning jismlari yo‗q bo‗lib ketadiyu,
ammo ularning ruhlari vujud (qafasi)dan qutilib, saodatga erishadilar. So‗ng
boshqalari ularning o‗rnini egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar.
Bu avlod
odamlari ham dunyodan o‗tgach, xuddi shunday yo‗l bilan ruhlari avvalgilarning
izidan borib, qiyofalari (fe‘l va fazilatlari), quvvati va sifati o‗xshash, yaqin ruhlar
bilan qo‗shilishlari mumkin. Har bir yangi kelgan ruh bilan qo‗shilganida huzur -
halovati ham
yanada ortadi‖.
Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g‗oya», tabiat va
jamiyatdagi barcha hodisalarning asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa.
Ingliz faylasufi Berklining fikricha, inson faqat o‗z ―narsalar sezgilarini idrok
etishga qodir, shunday ekan real narsa — bu ong, narsalar esa — kishi ongida,
sezgi va tasavvuridagina mavjuddir‖.
Xuddi shunday fikrni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‗arbiy Yevropa
olimlari Max va Avenarius ham ilgari surganlar.
Ilmiy falsafa ta‘limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo‗lgan)
inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir.