2. Sharq va G„arb falsafasida inson muammosi.
Falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida qaraydi
va shu nuqtai-nazardan «Inson nima? Uning mohiyati qanday? Inson olamda
qanday o‗rin tutadi?», «Inson omili deganda nima nazarda tutiladi? kabi savollarga
javob beradi. Inson borliqning oliy ko‗rinishi. Uning kelib chiqishi, hayoti,
taraqqiyoti olam, borliqqa bog‗liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti, tabiat
evolyutsiyasining mahsuli va ko‗rinishi bo‗lib hisoblanadi.
Inson hamma zamonlarda ham o‗zining kimligini, o‗zligini bilishga intilgan.
Inson muammosiga bag‗ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar
yaratilgan.
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o‗rganilgan:
mifologik, diniy va ilmiy-nazariy.
Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa,
Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar,
afsonalarda o‗z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi
Hind Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytilishicha, eng qadimgi inson Purusha
mingta boshli, mingta ko‗zli, mingta oyoqli bo‗lgan emish. Bu insonning aql-
zakovati-oy, ko‗zi-quyosh, horib-toliqishi-olov, nafasi esa – shamol emish.
Hozirgi odamlar
Purushadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo‗lidan – kshatri
(harbiylar), vaysh (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi
jamiyatning turli qatlamlariga mansub odamlar kelib chiqqan emish. Vedalarda
yozilishicha, inson ikki mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana
inson jismining asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh
(atman) tomonidan yaralgan. Agar insonning yerdagi faoliyati turli nopokliklar
bilan bog‗lanmasa, atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo‗ladi.
Mabodo, inson faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo‗lsa, uning joni jon
ko‗rinishida emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug‗iladi. Hind Vedalarida
olam bir butun, tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zarralaridir, odam esa
o‗sha tirik zotlarning o‗ziga xos shakli, ko‗rinishidir, deyiladi.
Qadimgi Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odam ato Panga qiyofasida
namoyon bo‗ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy
xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbalarida ko‗rish
mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi
VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki
baxtsiz bo‗lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy
muhitdan izlaganlar. Ularning ta‘kidlashicha, jami yaxshilik va yomonliklar
odamlardan tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (er.avv. 551-479 yy.)
ta‘limoti bo‗yicha, odamlar o‗z tabiatlariga ko‗ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli
ular
bir-birlaridan
farq
qiladilar.
Konfutsiyning
inson
to‗g‗risidagi
fikrmulohazalari shogirdlari bilan bo‗lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va
mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo‗layotgan turli
axloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfutsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat
qiladi, ularni insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o‗zida
mujassamlashtirgan inson faqat o‗zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar
uchun yashamog‗i darkor, deb hisoblaydi.
Inson to‗g‗risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O‗rta va
Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan Turonda keng tarqalgan diniy-falsafiy
ta‘limotlarda, chunonchi zardushtiylik ta‘limotida aks etgan. Bu ta‘limotning
markaziy muammosi – odam bilan olam va ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik.
Ushbu ta‘limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam borlig‗i ham to‗rt
unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra, olam
qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat orasidagi
kurashga asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo‗lmaydi, bu
kurash butun koinotni qamrab olgan. Yaxshilik, yorug‗lik Axura Mazda,
yomonlik, zulmat esa Axriman xudolari timsolida namoyon bo‗ladi. Butun olamni,
undagi barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham eng oliy Xudo, ezgulik
xudosi
Axura Mazda yaratgan emish. U yaratgan, yer yuzida paydo bo‗lgan birinchi
Odam Ato Iyim, deb nomlangan ekan.
Axura Mazdaning ko‗rsatmasiga muvofiq, Iyim yer yuziga turli jonli
mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvonlar, qushlar urug‗ini sochibdi, ularni
parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida 900 yil yashabdi. Odam bolasining
soni ko‗payib, yer yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim xudoga
murojaat qilib, yerni kengaytirishni so‗rabdi va bunga erishibdi ham. Bir kuni
Axura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayotgani haqida Iyimni ogohlantiribdi.
Iyim yer yuzida mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib,
barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zotlari, eng zo‗r navlaridan bir juftdan
saqlab qolibdi.
Zardushtiylik ta‘limotida inson faoliyatini boshqarib turadigan eng katta
kuch-axloq normalari ekanligi haqidagi g‗oya ilgari surilgan. Shuning uchun
Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insonning kundalik amaliy faoliyatini
boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so‗ragan. Ana shunda Axura
Mazda butun olam borlig‗i ikki boshlang‗ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida
mujassam ekanligini xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, beg‗ubor osmonga,
yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. Odamlar Axura Mazda tomonidan
yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik
ustidan g‗alabasi ta‘minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal
qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e‘tiqodi o‗ynaydi, deyiladi zardushtiylik
ta‘limotida. Zardushtiylikda ta‘kidlanadiki, inson iymon-e‘tiqodining uchta yirik
tayanchi mavjud: fikrlar sofligi, so‗zdagi sobitlik hamda faoliyatining
insonparvarligi. Bu – ezgu so‗z, ezgu fikr, ezgu amal.
Inson, uning olamga munosabati qadimgi Yunon falsafasida markaziy o‗rin
tutadi.
Yunon olimi Suqrot (er.avv. 469-399 yy.)ning falsafiy mulohazalari
markazida inson va uning ongini o‗rganish turadi. Suqrotning inson to‗g‗risidagi
qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy o‗rin egallaydi. U axloqsizlik
haqiqatni bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, deb
hisoblaydi.
Platonning fikricha, inson asosan ikki bo‗lakning uyushmasidan iborat.
Birinchi bo‗lak - o‗lmas jon, ikkinchi bo‗lak – tana. Insonning joni ham ikki
qismdan iborat: oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat
to‗plangan, uning yordamida inson abadiy g‗oyalar sirini bilib oladi va farovonlik,
ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni
uch katta toifaga bo‗lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi
toifadagilar - his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – dohiylarga,
yo‗lboshchilarga sajda qiluvchilar.
Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib
berishda o‗z o‗tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik
mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch
turkumga bo‗linadi: eng past turkumdagi jon - o‗simliklar, ikkinchi turkumdagisi
hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo‗ladi. Aristotel inson deb
ataluvchi tirik mavjudotni butun va bo‗linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda
«inson o‗z tabiatiga ko‗ra siyosiy mavjudotdir», deb ta‘riflaydi. Olim odamlarni
faqat moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish
ezgulik tomon boshlaydi, deb hisoblaydi. Ezgulik deganda, aql-zakovat bilan ish
ko‗rishni, mehribonlik, mardlik, ochiq ko‗ngillikni, to‗g‗rilik, xayrihoxlikni
tushunadi.
Aristotel insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak
axloqiy poklik, tashki va ichki go‗zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni
oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, deb hisoblaydi.
O‗rta asr G‗arbiy Yevropa falsafasida inson haqidagi diniy qarashlar ilgari
suriladi. Chunonchi, xristian falsafasida xudo inson qiyofasida gavdalanadi.
Xristian falsafasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy fikricha, insonda
mavjud fazilatlarning eng oliysi – aqldir. Inson aql yordamida yaxshi va yomon,
ezgulik va johillikning farqiga boradi. Ezgulik to‗rt ko‗rinishda, chunonchi:
donishmandlikda, jasurlikda, mu‘tadillikda va adolatparvarlikda namoyon bo‗ladi.
Akvinskiy bu fazilatlarga yana xristianlikka xos uch fazilatni: ishonch, umid va
muhabbatni ham qo‗shadi.
Islom falsafasida Olloh Odam suratini (Odam Atoni) loydan yasaganligi,
keyin unga jon ato etganligi, Momo Havoni Odam Atoning «chap biqinidan»
yaratilganligi va butun kishilik jamiyati Odam Ato va Momo Havodan
tarqalganligi haqidagi g‗oya ilgari surilgan. Qur‘oni Karimning al-Isro surasida.
«Biz odam bolalarini aziz – mukarram qildik va ularni o‗zimiz yaratgan juda ko‗p
jonzotlardan afzal, ustun qilib qo‗ydik» deyilgan. Islom dini ta‘siri ostida
musulmon falsafasi, uning mutakallimlik va mutazilliylik ta‘limotlari shakllandi.
Mutakallimlar olam va odamni tushunish asoslarini Qur‘oni Karim
aqidalaridan izladilar. Ular insonning taqdiri azaldan belgilangan, degan g‗oyani
ilgari suradilar.
Mutazilliylar xudo insonga o‗xshash, deb tushuntiradilar. Ayni vaqtda ular
insonning aqlini, olamni o‗zgartirish borasidagi faoliyatini yuqori baholaydilar.
Musulmon falsafasidagi xurfikrlilikda inson muammosi o‗zgacha talqin
qilindi. Bu yo‗nalishning yirik namoyondasi Mansur Xalloj ta‘limotiga muvofiq,
mustaqil, erkin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‗lgan inson komillik, oriflik
darajasiga ko‗tarilishi mumkin.
Inson muammosi O‗rta asrlar O‗rta Osiyo faylasuflari qarashlarida muhim
o‗rin tutadi. Abu Nasr Forobiy (870-950 yy.) odamning tanasi paydo bo‗lishi
bilan, unda «oziqlantiruvchi quvvat» vujudga keladi. O‗sha quvvat yordamida
inson tanasi oziqlanib turadi va shu jarayonda sezgi organlari paydo bo‗ladi. Sezgi
a‘zolari tufayli insonda his, tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo‗ladi. Hayol
quvvati yordamida inson bilim, hunar egallaydi, faoliyat ko‗rsatadi, foyda,
zararning farqiga boradi. Inson o‗zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik
mavjudotlardan farqlanadi. Uning aql-zakovati borliq turli-tuman ko‗rinishlarining
aksidir. O‗rta asr sharoitida insonning insoniy fazilatlari, xislatlarini aniqlashda.
Forobiy o‗z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. Forobiy «Baxt-
saodatga erishuv haqida» nomli risolasida insonning xislatlari, fazilatlari haqida
fikr yuritadi.
Abu Ali ibn Sino inson tana va jondan tashkil topgan. Inson boshqa tirik
mavjudotlardan o‗zining fikr yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi, deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, inson olamdagi barcha
mavjudotlardan o‗zining yaratuvchanligi bilan tubdan farq qiladi; yaxshilik,
rostgo‗ylik, oliyjanoblik, mehr-shafqat, muhabbat kabi fazilatlar insonni
ulug‗laydi. Yolg‗onchilik, yomonlik, ichiqoralik, qo‗pollik, o‗g‗rilik, tuxmatchilik
kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy inson o‗z mehnati bilan
ulug‗dir. Mehnat yordamida inson o‗z badanini turli illatlardan, xususan,
dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi, degan fikrni ilgari
suradi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni axloqiy barkamolligi yoki axloqsizligiga qarab
yaxshi va yomon odamlarga bo‗ladi. U kamtar, oddiy, halol, haqgo‗y kishilar
jamiyatning bebaho boyligi; munofiq, yolg‗onchi kishilar yurt uchun zararli illat
ekanligini qayta-qayta takrorlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston Chor Rossiyasi
tomonidan bosib olingan, mustamlakachilik siyosati ayni avjiga chiqqan paytda
o‗lkada ma‘rifatparvarlik harakati shakllandi. Bu harakat odamlarni ilm egallashga
chaqirdi, o‗tmish avlodlar merosini targ‗ib qildi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy
qoloqlikdan chiqish yo‗llarini izladi. Inson muammosi ma‘rifatparvarlar ijodida
o‗ziga xos talqin topdi. Ma‘rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897 yy.) inson
olamni, o‗zi yashayotgan ijtimoiy muhitni o‗zgartirishga qodir. Buning uchun u
nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlarni bilishi zarur, deb hisoblaydi. «Biz
dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib o‗rganish uchun, yer osti
boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun,
uning hamma qit‘alari va aholisini bilish uchun tug‗ilganmiz», deb yozadi Donish
o‗zining «Navodir ul-vaqoe‘» asarida.
Furqat jamiyatda ma‘naviy qashshoq, nopok, galvars kishilarning ko‗payishi
– fojea, ofatdir. Fan nodon – oliy kishilar yo‗lini yorituvchi, ularni to‗g‗ri yo‗lga
boshlovchi yo‗lchi yulduz, chiroqdir. Ilm-fan qanchalik tez rivojlansa, jamiyat
a‘zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro‗yobga chiqadi, ma‘naviy qashshoq
odamlar soni kamayadi. Ma‘rifatli, bilimdon, odamlar qancha ko‗p bo‗lsa, jamiyat
hayoti shuncha tez insonparvarlashadi, degan xulosaga keladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyatni insonparvarlashtirish g‗oyasi O‗rta
Osiyoda keng tarqalgan jadidchilik harakatining bosh g‗oyasi edi. Bu harakatning
namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1943 yy.) o‗z asarlarida O‗rta
Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilm-ma‘rifat, madaniyatdan
bebahra qolganini, xalq o‗ta qashshoqlashib, qullarcha hayot kechirayotganligini
afsus va alam bilan tasvirlaydi. Avloniy asarlarining bosh mavzusi – inson. Uning
fikricha, inson butun borliqning ko‗rki va sharafidir. Inson butun mavjudot
sohibidir, chunki uning aql-zakovati bor. Inson shu qudrati tufayli ilm egallaydi.
Inson o‗zining aql-zakovati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan
saqlanadi. Insonparvar jamiyatning muhim vazifalaridan biri – fuqarolar, ayniqsa
yoshlar aqliy kamoloti haqida qayg‗urishdir.
G‗arbda xususan, uyg‗onish davri falsafasida har tomonlama rivojlangan
shaxs g‗oyasi olg‗a suriladi. Mashhur ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya»
asarida inson shaxsi tubanlashuvining sabablari haqida fikr yuritib, o‗g‗rilik,
daydilik tubanlashuvning ko‗rinishlaridir, bu kabi illatlarni tugatmoq uchun nopok
yo‗llar bilan topilgan boyliklarni yo‗qotish darkor, degan xulosaga keladi.
XVII-XVIII asr G‗arbiy Yevropa falsafasida inson to‗g‗risidagi diniy
qarashlar tanqid ostiga olindi; inson, uning mohiyati, kelib chiqishi haqida yangi
ilg‗or g‗oyalar ilgari surildi. Mashhur ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626 yy.)
o‗zining «Yangi Organon» asarida insonning tabiat ustidan hukmron bo‗lishida
fan yutuqlariga tayanish zarurligini isbotlab berdi. Mashhur ingliz faylasufi –
Tomas Gobbs (1588-1679 yy.) fikriga ko‗ra, jamiyat – juda katta mexanizm, inson
o‗sha buyuk mexanizmning muruvvatidir. Inson degan mavjudot bir-biridan
mutlaqo farq qiluvchi ikki muhim bo‗lakdan iborat. Uning birinchi bo‗lagini
jismoniy, ikkinchi bo‗lagini – ma‘naviy qobiliyatlar tashkil etadi. Insondagi
ma‘naviy qobiliyatlar tabiat tomonidan in‘om etilmaydi, balki ular o‗zlashtiriladi.
Gobbs insonning ma‘naviy qobiliyatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar
bilan bog‗lab tushuntirishga harakat qiladi.
Ingliz faylasufi Djon Lokk (1632-1704 yy.) «Inson ahli to‗g‗risidagi tajriba»
asarida inson qalbi xuddi oq qog‗oz varag‗idek toza bo‗lib, faqat tajriba o‗sha
qog‗oz sahifasini turli yozuvlar bilan to‗ldiradi. Insonni yangi bilimlar bilan
qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq lozim. Har qanday bilim yoki g‗oyaning
manbai – tajribadir, degan fikrni ilgari suradi. U «Aqlni boshqarish haqida
risola»sida inson faoliyat ko‗rsatishda o‗z aqlida mavjud bo‗lgan bilimga tayanadi,
deb ta‘riflaydi.
XVIII
asr frantsuz olimi, ma‘rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778 yy.)ning
inson muammosiga doir falsafiy fikrlari uning «Odamlar orasida tengsizlikning
kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza», «Ijtimoiy shartnoma», «Emil yoki
tarbiya to‗g‗risida»gi asarlarida aks etgan.
Inson muammosi nemis klassik falsafasida muhim o‗rin tutadi. Nemis klassik
falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Lyudvig
Feyerbax insonshunoslik sohasidagi bilimlarning rivojlanishiga katta hissa
qo‗shdilar. Immanuil Kant (1724-1804 yy.) insonga ta‘rif berganda uch muhim
tomonga ahamiyat berish lozimligini ta‘kidlaydi:
1. Tirik mavjudot sifatida insonda hayvoniy alomatlarning borligi.
2. Tirik va aqlli mavjudot sifatida unda insoniylik alomatlarining borligi.
3. Aqlli mavjudot va shuning bilan birga unda fikr-mulohazalarni singdirish
imkoniyati mavjud bo‗lgan shaxs alomatlari borligi.
Kant o‗z diqqatini inson faoliyatini, uning qobiliyatlarini, malakalarini
o‗rganishga qaratdi. Inson kamoloti masalasi Vilgelm Gegel (1770-1831 yy.)
falsafasining diqqat markazida bo‗ldi. Uning fikricha, inson – dunyoviy ruhning
begonalashuvidan o‗zga narsa emas. Gegel insonning shakllanishi jarayonini
ruhning chuqurlashishidan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Inson muammosi
Lyudvig Feyerbax (1704-1782 yy.) falsafiy qarashlarida alohida o‗rin tutadi.
Feyerbax uchun inson – eng avvalo moddiy ob‘ekt. Insonni xudo yaratgan emas,
inson xudoni yaratgan. Feyerbax inson fazilatlarining shakllanishida biologik
omillarning tutgan o‗rnini mutloqlashtirdi. Feyerbax jamiyatdagi barcha odamlar
borlig‗ining eng muhim elementi vazifasini muhabbat bajaradi, degan g‗oyani
ilgari surdi.
XIX
asrning 40-50 yillaridan boshlab klassik falsafaga qarama-qarshi
noklassik falsafa shakllana boshladi. Bu falsafa ekzistentsializm, personalizm,
neopozitivizm, pragmatizm, kosmizm falsafiy oqimlarida o‗z ifodasini topdi.
Ekzistentsializm falsafiy oqimi shular jumlasidandir. Daniyalik faylasuf
Kerkegor (1813-1855 yy.) insonni tahlil qilish maqsadida «ekzistentsiya»
tushunchasini kiritdi. Insonni, uning ichki dunyosini bilishga ilmiy metodni
qo‗llab bo‗lmaydi. Yashash bu – «ichki dunyo». Yashash – ichki dunyo insonning
betakrorligini ko‗rsatadi. Yashash deganda Kerkegor mavjudlik tomon borishni
tushunadi va uni uch bosqichdan iborat, deb biladi:
Birinchi – estetik bosqich.
Ikkinchi – axloqiy bosqich.
Uchinchi – diniy ekzistentsiya.
Birinchi bosqich zaminida yashash, huzur-halovatga qiziqish, inson extiyojini
qondirish yotadi. Bunda yashash yo‗lini tanlash eng oddiy shaklda bo‗ladi, chunki
ob‘ekt inson his-tuyg‗ularini qondirish asosida tanlanadi. Ikkinchi, axloqiy
bosqichda inson o‗zini-o‗zi anglaydi, o‗z ma‘suliyatini his qiladi.
Yashashning haqiqiy ma‘nosini inson uchinchi – diniy bosqichda his qila
oladi. Inson azob chekish evaziga yashayotganini biladi
.
Kerkegor fikricha, ekzistentsiya deganda inson borlig‗ining mavjudlik usuli,
mohiyati emas, balki inson shaxsining bilib bo‗lmaydigan, takrorlanmas holatlari
nazarda tutiladi. Uning ekzistentsialistik qarashlari «Yoki-yoki», «Qo‗rquv va
titroq», «O‗lim kasali» asarlarida bayon etilgan.
Ekzistentsializm falsafasi XX asrning boshlarida Germaniyada vujudga keldi.
Ekzistentsializm falsafasida inson muammosiga o‗ziga xos yondashuv aks
etgan. Agar klassik falsafada insonning mohiyati aql-zakovati asosida talqin
qilingan bo‗lsa, bu yo‗nalishda inson erki haqida fikr yuritiladi.
XIX-asrning noklassik falsafasiga inson muammosini olib kirishda mashhur
nemis faylasufi Nitsshening (1844-1900 yy.) o‗rni katta. U xoliq, ya‘ni barkamol
inson to‗g‗risidagi qarashlarni ilgari suradi. Nitsshe fikricha, inson bolasida
xoliqlik va maxluqlik bir butun holda uyushadi. Nitsshe inson chinakam komillik
darajasiga ko‗tarilmog‗i uchun avvalo mahluqlarga xos qiliqlardan xoli bo‗lmog‗i
darkor, deb hisoblaydi.
Ekzistentsializm falsafasining asosiy g‗oyalaridan biri shuki, insonning
xususiyati – u o‗zini o‗zi yasaydi, mavjud bo‗la turib, o‗z mohiyatini bunyod
etadi.
Mabodo individ inson darajasiga ko‗tarilganida uning ongi va faoliyatida
nuqsonlar mavjud ekan, bunga, avvalo, o‗zi aybdor. Chunki insonning tabiati u
yaralgunga qadar mavjud bo‗lmaydi va individning o‗zidan boshqa hech qanday
kuch uni insonga aylantira olmaydi. Bunday g‗oyani ilgari surish bilan
ekzistentsial falsafa insonning shakllanishida uning o‗zi mas‘ul ekanligiga e‘tibor
qaratadi. Ekzistentsializm inson faoliyatining ratsional tomonlariga diqqat
qaratadi.
Xususan, inson hayotida turli konfliktlar sodir bo‗lganda aql-zakovat
hukmiga quloq solish, aql kuchi bilan har qanday vaziyatdan chiqish – inson
amaliy faoliyatining muhim sharti ekanligini ta‘kidlaydi. Oddiy insonning
«xushyor hisob-kitoblari», eng og‗ir damlarda o‗zi bilan o‗zi maslahatlashishi uni
turli fojea va dahshatlardan saqlab qoladi. Demak, o‗z ekzistentsiyasini topgan
kishining qiyinchilikni matonat bilan yengishiga jasorati yetadi.
Hozirgi zamon fani ma‘lumotlariga qaraganda, odam deb ataluvchi yagona
biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan
evolyutsion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko‗ra, bu jarayon 3-3,5 mln
yil davom etgan. Insonning faoliyati, turmush tarzi zamonlar o‗tishi bilan o‗zgarib
borgan. Shu o‗zgarishlarning turli-tumanligi insonlarning bir-biridan farq qilishi
uchun asos vazifasini bajargan. Faoliyatning, turmush tarzining turli tumanligi
insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi belgisi hisoblangan.
Insonning olamdagi boshqa mavjudotlardan farq qiluvchi muhim
xususiyatlari nimalardan iborat. Insonning hayoti, faoliyati, uning irsiy-genetik
xususiyatlari tabiiy-ijtimoiy muhit ta‘siriga bog‗liqmi? kabi savollarga olimlar
hamisha javob izlaganlar. Xo‗sh, insonning olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan
farqini ko‗rsatuvchi eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri,
tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til inson avlodlari va ajdodlari orasidagi
aloqada vorislik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat –
madaniyat. Insonning o‗z faoliyatini tartibga solishi, yo‗naltirishi – madaniyat.
Ma‘lum bir jamiyatga birlashib yashashi – madaniyat. Uning faoliyatini
ma‘lum bir maqsadga yo‗naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan, insonning hayvonan farq qiladigan eng muhim xususiyati -
o‗zining yashashi, turmushi uchun zarur bo‗lgan moddiy va ma‘naviy boyliklarni
ishlab chiqarish malakasiga ega bo‗lishi.
Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson
o‗zini o‗zi anglovchi mavjudot», «inson-ma‘naviy mavjudot» degan fikrlar
ishlatiladi.
Odamning
insonga
aylanishi
va
jamiyatga
birlashishi
antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Antropogenez jarayonida mehnat
asosiy rol o‗ynaydi. Mehnat tufayli inson o‗zi yashayotgan tabiiy muhitni
o‗zgartiradi, moddiy va ma‘naviy boyliklar yaratadi, o‗zini ham o‗zgartiradi.
Mehnat antropogenez (ya‘ni odamning shakllanishi) va sotsiogenez
(jamiyatda yashash, insonga aylanish) jarayonining markaziy inson omilidir.
Antroposotsiogenezning ikkinchi muhim omili - til.
Antroposotsiogenezning muhim omili insonning ishlab chiqarish faoliyatidir.
Ijtimoiy-axloqiy
me‘yorlar
va
normalarning
vujudga
kelishi
ham
antroposotsiogenezning muhim tomoni hisoblanadi.
Odamning dastlabki ajdodi «paleantrop» ovchilik, termachilik faoliyatidan
asta-sekin ishlab chiqarish faoliyatiga o‗ta boshladi. Bu odam o‗zida insonga xos
ijtimoiy fazilatlarni mujassamlashtirayotganidan dalolat beradi.
Inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli ekanligini hozirgi zamon fani
ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi
aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega.
Inson uchta buyuk qudrat: tana, ruhiyat, ma‘naviyatning yig‗indisidir.
Insonning biologik holati deganda uning jismida sodir bo‗ladigan
morfofiziologik, genetik, elektroximik o‗zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi
alomatlar tushuniladi.
Insonning ruhiy (psixologik) holati deganda uning his-tuyg‗ulari, kayfiyati,
irodasi, temperamenti nazarda tutiladi.
Insonning ma‘naviyati - uning fazilatlari xislatlari, qobiliyatlari, malakalar
yig‗indisi. Aynan ma‘naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiradi.
Odamning ijtimoiylik xislati shaxsdir. Shaxs tushunchasida insonning
jamiyatda tutgan o‗rni va bajaradigan vazifalari aks etadi.
Shaxs, avvalo, yaxlit jamiyatning alohida bo‗lagi, unda mavjud ijtimoiy
munosabatlar jamuljam bo‗ladi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson o‗z ichki
dunyosi va manfaatlariga ko‗ra boshqalardan farqlanadi va asta-sekin jamoa
a‘zosidan shaxs darajasiga ko‗tarilib boradi.
Inson individ sifatida dunyoga keladi, shaxs bo‗lib shakllanadi. Insonning
shaxs bo‗lib shakllanishida jamiyat, ijtimoiy muhit muhim o‗rin tutadi.
Shaxs tushunchasida mazkur insonning barcha ijtimoiy vazifalari, barcha
munosabatlari ifodalanadi. Inson amaliy faoliyat jarayonida shaxs sifatida
shakllanib boradi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatli xislat va fazilatlarni o‗zida
mujassamlashtirgan inson. Shaxsning xislatlari uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va
ma‘naviy hayotidagi ishtirokida namoyon bo‗ladi. Shaxsning xislatlari deganda: a)
jismoniy; b) ma‘naviy; v) ijtimoiy xislatlar nazarda tutiladi.
Shaxsning jismoniy xislat-fazilatlari deganda uning jismi, gavda tuzilishi,
kiyinishi, uy-oilasi, u tomonidan yaratilgan jami narsalar o‗zini muhofaza qila
olishi, o‗zi va boshqalar haqida qayg‗urishi nazarda tutiladi.
Shaxsga xos ijtimoiy xislatlar boshqa kishilar bilan bo‗ladigan o‗zaro aloqa
va munosabatlarda shakllanadi. Shaxsning turli ijtimoiy birliklar-guruhlardagi
rollari turlicha bo‗ladi. Masalan «ona», «farzand», «qo‗shni», «do‗st», «xaridor».
Shaxsning ma‘naviyati, uning ichki olami, ruhiyati, «men»ligi ifodasi sifatida
namoyon bo‗ladi. Shaxs mohiyatini ifodalovchi bu tomonlar yaxlitlikda namoyon
bo‗ladi va insonning «men» ini ifodalaydi.
Shaxsning shakllanishi jamiyatda to‗plangan tajribalarni, qadriyatlarni
o‗zlashtirish jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadigan omillarni
ikki guruhga bo‗lish mumkin:
a)
insonning o‗ziga xos biologik xususiyatlari
b)
ijtimoiy muhit
Ijtimoiy muhit deganda inson hayoti kechadigan jamiyatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy, informatsion ma‘naviy shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ijtimoiy
muhit - bu jamiyat, oila, mehnat va o‗quv jamoalari, qo‗ni-qo‗shni, do‗st-
birodarlar nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning muhim tomonini jamiyatdagi mavjud siyosiy tizim tashkil
etadi. Jamiyat siyosiy tizimi shaxs qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarishga imkoniyat
yaratishi mumkin.
Shunday qilib, odam – tabiatdagi oliy biologik tur. Bu tur uzoq taraqqiyot
jarayonida insonga aylanadi.
Demak, jamiyatda muayyan o‗rin tutgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha
oladigan, o‗zligini va jamiyatni, o‗zining jamiyatdagi o‗rnini anglagan inson-shaxs
hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs faoliyati bilan bevosita bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: |