3. Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo„lishi. Misr va Bobil
falsafiy maktablari. Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar.
Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik
tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‗lab, uning
tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy
fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‗zi va tajriba mezoni bilan qarash
unsurlari mavjuddir. Shu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini
ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‗lab tushuntirish xam o‗zini
oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‗ziga xos tarzda kechgan.
Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish
usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini
tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‗indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga
nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‗lmaganligini ko‗ramiz. Ko‗pgina
davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib,
hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.
Shuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‗ziga
xos xususiyatlarga ega bo‗lganligiga e‘tiborni qaratish kerak. O‗amma mintaqalar
uchun falsafiy savol va javoblar tug‗ilishini universal bosqichi bo‗lib mifologik
tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga
yondashuvning o‗ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy
jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib qo‗yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir.
Bu qarashlarni g‗ayriilmiyligini ko‗rsatish bilan Sharq bilan bog‗liq jihatini tahlil
etganda ham Osiyosentrizm g‗oyalari ta‘siriga tushmaslik kerak. Bu o‗rinda G‗arb
va Sharq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e‘tibor
qaratish bilan birga G‗arb va Sharq falsafasidagi an‘analarning o‗zaro
munosabatini ham tahlil qilish lozim.
Sharqning o‗ziga xosligi, unga munosib bo‗lgan madaniy taraqqiyot jahon
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‗shilgan munosib hissa ekani
ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e‘tirof
etiladi.
qolaversa,
Vatanimiz
sivilizatsiyasining
sharq
sivilizatsiyasining
quchog‗ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‗zida aks ettirganini, unga va
butun dunyo madaniyatiga ulkan ta‘sir ko‗rsatganini doimo esda tutish darkor.
Falsafiy g‗oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta‘sirida, ma‘lum tarixiy–madaniy
manbalar asosida shakllanadi.
Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‗lib yashashdan
bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat
muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‗tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning
murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt
fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi.
Falsafa fani o‗ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor
bo‗lishning o‗zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning
bu o‗ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan
savolga javob berishga imkon tug‗diradi. Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda,
mifologiya yordamida hal qilib bo‗lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‗q jiddiy
ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‗rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday
ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‗iladi.
Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi. Falsafa avval boshdan
kundalik ongni, urf–odatni, an‘anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid
qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an‘analarni kelib
chiqish ildizini topish uchun qiladi.
shundan uning bor bo‗lishning o‗zi nima? borliq nima? degan savolining
mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat,
madaniyatdagi qanday siljishlar ta‘sir qiladi? degan savollar tug‗ilishi tabiiydir.
qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma‘nosi, uning odatdagi tuzumi va
tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi.
Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham
chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‗liq bo‗lib, inson qiynalganda, eskicha
yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o‗z ahamiyatini yo‗qotganda, endi nima
qilish kerak? degan savol tug‗iladi. qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga
kelsak, u o‗sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy
tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. Shunday qilib, falsafiy
qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga
keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha
qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi.
Shuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‗liqdir.
Qadimgi sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‗lgan Misr va Bobilda
eramizdan avvalgi to‗rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida
dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan,
astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi.
Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan
iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‗‘jizalarga ishonch, u kuchlarning
tabiat va jamiyatga ko‗rsatadigan ta‘sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor
bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar,
ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‗sha davrlardan qolgan
yozma manba‘larda, xususan, «Xo‗jayinning o‗z quli bilan hayotining mazmuni
xaqida suhbati», «Arfisiy qo‗shig‗i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‗lgan kishining
o‗z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash
avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‗lgan. Bizning
eramizgacha bo‗lgan 1 ming yillikning o‗rtalarida insoniyat tarixining
taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‗chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada
deyarli bir vaqtning o‗zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‗ilishi olamni
mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‗tishdek uzoq
jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning
falsafasi o‗zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini
o‗rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi
mashxur asarlar ilk manbalar bo‗lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va
falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-
diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‗gri so‗zlilik haqida va
yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar
xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning
kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da
(«Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar
to‗plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va
Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‗limdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov,
xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek
olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba‘lari va
turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan.
Ularda ta‘kidlanishicha, tana jonning qobig‗i bo‗lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir
bo‗lagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‗lgan
manba‘larda ham o‗z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma‘noni
anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob
yoki falsafiy risola bo‗lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan
noma‘lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi
turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular,
asosan, insonni o‗rab turgan borliq, uning hayotdagi o‗rni va vazifasi, tashqi olam
va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining
chegaralari, axloq me‘yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-
mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bo‗lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo) ni
tan oluvchi falsafiy ta‘limot shakllana boshladi. Bu ta‘limotning asosi Brixaspati
va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan
boshqa tarzdagi hayotning bo‗lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar.
Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr) ta‘limotidir.
Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil
topgan bo‗lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan
iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda
xissiyotning rolini bo‗rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‗lishi mumkin deb
xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta‘limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov,
suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat
xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob‘ektiv tabiiy
qonuniyatga bo‗ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda
taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta‘limotiga bogliqdir.
Dao xaqidagi ta‘limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi
dastlabki urinishdir. «Daosizm» «Dao» so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, «yo‗l»,
«taraqqiyot», «dunyo negizi» ma‘nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-szi
bo‗lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog‗liqligi amal
qiladi, tabiat xodisalari o‗z-o‗ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr
yuritiladi. Ta‘kidlanishicha, go‗zallik va yomonlik, borliq va yo‗qlik, uzun bilan
qisqalik bir-birini to‗ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo‗ladi, tabiatdagi
barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o‗z ichiga oladi. Daosizm
vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‗rtaga
qo‗yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‗rttirib
yuborganlar. Eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi
falsafiy oqim bo‗lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy
bo‗lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan).
Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‗lib olg‗a
surdi. U o‗zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e‘tibor qaratgan.
Odamlar o‗z tabiatiga ko‗ra, bir-birlariga o‗xshaydilar, faqat tarbiyaga ko‗ra,
ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‗rtasida
o‗zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‗lishi kerak. Markaziy Osiyo
jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san‘at qadimdan rivojlangan, tarixi
nixoyatda boy mintaqalardan biri.
Dostları ilə paylaş: |