ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan
bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati,
nabototi, ilm-fani o‗z aksini topgan.
Unda qadimgi Turon o‗lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi,
sahrolari, tog‗lari haqida qimmatli ma‘lumotlar berilgan. G‗arazgo‗ylik, xasad,
manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da
qattiq qoralansa, va‘daga vafo qilish, axdga
sadoqat, samimiyat, xolislik, o‗zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‗rtasida ustivor
bo‗ladigan axloqiy qoidalar ulug‗lanadi. «Avesto»
dunyoni inson uchun sinov
maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‗lishga, doimo pok-toza
yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‗zlardan yuz
o‗girishga da‘vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‗gitlar, falsafiy g‗oyalar
nihoyatda ko‗p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri –
insonlarni mehnat qilishga, o‗z qo‗llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‗q-
farovon hayot kechirishga da‘vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto»
kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov
muqaddaslashtiriladi.
Er va xavo shunday e‘zozlanganki, xavoni bulg‗ash, ifloslantirish, xayvonlar
o‗ligi
u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‗mish, suvga oqizish, olovda
yoqish gunoxi azim bo‗lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab
qo‗ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda
ko‗mish rasm bo‗lgan.
Shunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga
asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‗lgan.
Undagi barcha asosiy g‗oyalar hozirgi jahon dinlarida o‗z mujassamini
topgan. Shuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni
bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‗tmish tarixi va
tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi,
badiiy ijodi o‗z ifodasini topgan. Biroq, urug‗lar, qabilalar, elatlar o‗rtasidagi
kelishmovchiliklar, o‗zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‗l keladi. Turonni
avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‗z
mustamlakasiga
aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‗shni davlatlar ular
bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni
chog‗da ular bu ko‗hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal
qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‗lganlar.
Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‗z ifodasini topgan:
Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz
dushmanlar xizmatingizda bo‗ladi, maboda parokandalikka yo‗l qo‗ysangiz, unda
sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma‘nodagi falsafiy fikrlar bor.
Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‗z manfaatlari yo‗lida foydalandilar.