21
bolalar ham bor edi. Shu tariqa 72
kun yashagan Kommunaga
xotima berildi.
Parij Kommunasi bilan ayni paytda Fransiyada inqiloblar davri
nihoyasiga yetdi. Kommuna halokatining oqibatlari hokimiyat bilan
fuqarolarning o‘zaro manfaatli kelishuvchilik
asosida yashashi zarur-
ligini isbotlab berdi.
1871-yil 10-may kuni Germaniyaning
Frankfurt shahrida Fransiya — Germaniya
sulh shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra
Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to‘laydigan bo‘ldi. Bu
tovon to‘lanib bo‘linguncha, Germaniya o‘z
qurolli kuchlarining
bir qismini Fransiya hududida saqlab turadigan bo‘ldi. Bundan
tashqari, Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga
berildi.
Parij Kommunasi
— Parij shahrining o‘zini o‘zi
boshqarish organi
bo‘lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirgan,
mehnatkashlarning 1871-yil martda tashkil etgan hokimiyat organi.
Savol va topshiriqlar
1. Fransiyada qay tariqa Uchinchi Respublika qaror topdi?
2. Urushning Fransiya va Prussiya uchun oqibatlarini taqqoslang.
3. Parij Kommunasi qay tariqa vujudga keldi?
4. Kommunaning Fransiya tarixida tutgan o‘rni
haqida nima deya
olasiz? So‘zlab bering.
Davlat to‘ntarishlari va inqiloblar nega sodir bo‘ladi?
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida
Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot
XIX asr so‘nggi
choragida Fransiyaning
iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Chunon-
chi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rindan
to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Xo‘sh, Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti
sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?
Avvalo, Fransiyaning hamon mayda
tovar ishlab chiqaruvchi-
lar davlati bo‘lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq
bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa, o‘z navbatida,
ichki bozorning
Dostları ilə paylaş: