20
Parijda hokimiyat Milliy gvardiya Markaziy qo‘mitasi qo‘liga
o‘tdi. Bu qo‘mita muvaqqat hukumat vazifasini bajardi. Davlat
organlariga ishchilar, ziyolilar va qo‘zg‘olonning boshqa qatnash-
chilari vakillari boshchilik qila boshladi. 26-mart kuni Parij Kom-
munasiga saylov o‘tkazildi va Kommuna Kengashi tuzildi. Bu ken-
gash o‘z a’zolaridan 10 ta komissiya (vazirlik) tashkil etdi. Shu
tariqa Parij shahri o‘ziga xos kichik bir davlatga aylandi. Bu davlat
Parij mehnatkashlarining davlati edi.
Parij Kommunasi qator tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amal-
ga oshirdi. Jumladan, egalari tashlab ketgan korxonalar shu kor-
xona ishchilariga topshirildi. Majburiy va bepul ta’lim joriy etildi.
Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Mehnatkashlar-
ning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi. Ishsizlarni ish
bilan ta’minlash idorasi tuzildi. Xususiy mulk bo‘lib kelgan temiryo‘l
idoralarini Kommuna o‘z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan
nazorat o‘rnatdi. Biroq, Kommuna o‘z faoliyatida qator xatolarga
ham yo‘l qo‘ydi.
Birinchidan, Parijdan qochib ketgan Òyer hukumatini ta’qib
qilmadi. Bu esa Òyerga Kommunaga qarshi kurash uchun zarur
kuch to‘plab olishga imkon berdi. Natijada, hukumat qo‘shini
Parijni qamalga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchidan, mamlakatning qolgan qismi Kommunani qo‘llab-
quvvatlamadi. Bu hukumatning kommunachilarni mamlakatni dush-
man ishg‘ol qilib turgan paytda bosh ko‘targan isyonchilar deb
yuritgan nafratli tashviqotining natijasi edi. Dehqonlarni, Kommu-
na to‘la g‘alaba qozonsa, mol-mulkidan ajralib qolishi mumkinligi
bilan qo‘rqitishga erisha oldi.
Uchinchidan, Kommuna davlat xazinasini, banklarni to‘la o‘z
qo‘liga olmadi.
Òo‘rtinchidan, Kommuna kengashi ichida Kommuna ichki si-
yosati xususida birlikka erishib bo‘lmadi.
Kommunani tor-mor etishda Germaniya Òyer hukumatiga yor-
dam berdi. Chunonchi, Bismark 40 ming fransuz askar va zobitlarni
asirlikdan bo‘shatib, ularni Òyer hukumati ixtiyoriga yubordi.
Hukumat qo‘shini 21-may kuni hujumga
o‘tdi va shu kuni Parijga kirib keldi. Kom-
munachilar mardona jang qildilar. Biroq,
kuchlar noteng edi.
28-may kuni Kommuna to‘la tor-mor etildi. Asir olingan 30 ming-
ga yaqin kommunachi otib tashlandi. 50 mingga yaqin kommu-
nachilar qamoqqa olindi. Bular orasida minglab xotin-qizlar va
Dostları ilə paylaş: