14
mamlakat —
Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHda 70-yillarga
kelib sanoat ishchilari 12—13 mln. kishini, qishloq xo‘jaligidagi
ishchilar bilan birgalikda esa 20 mln. kishini tashkil qilardi. Ishchi-
larning ahvoli bir xil emasdi. Ularning yarmidan ko‘prog‘i qash-
shoqlik bo‘sag‘asida yashasa, malakali
mutaxassis ishchilar esa
ko‘proq haq olib, „ishchi aristokratiyasini“ tashkil qilardi.
XX asr
boshlarida „ishchi aristokratiyasi“ Buyuk Britaniyada umumiy ish-
chilar sonining
uchdan birini tashkil qilib, juda yaxshi yashardi.
XX asr boshida AQSH sanoat ishchilarining soni jihatdan
birinchi o‘rinni egalladi. Bu yerda 10,4 mln.
nafar sanoat ishchisi
mavjud edi. Germaniyada esa sanoat ishchilarining soni 1907-yil 8,6
mln. kishiga yetdi. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni
40 mln. kishini tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish
sohasi, transport va boshqa sohalardagi ishchilar birgalikda 80 mln.
kishiga yaqinlashdi.
Yollanma ishchi kuchining malakasida ham jiddiy o‘zgarishlar
yuz berdi. Sanoatning yangi sohalari malakali mehnatni talab etardi.
Malakali ishchilarning salmog‘i Buyuk
Britaniya mashinasozligida
ishchilar umumiy sonidan 70—75, kemasozlikda esa 50—60 foizini
tashkil qilardi. AQSHda umumiy sanoat ishchilarining 2/3 qismi,
Germaniyada yarmidan ko‘prog‘i malakali ishchilar edi.
XIX asrning 70-yillarigacha ish
kunining uzunligi industrial
davlatlarda 10—16 soatni tashkil etgan.
Ayollar va bolalar mehnatiga ish haqi kam to‘lanardi. „Fabrika
ayollari“, asosan, 13—14 yoshli qizlardan iborat bo‘lgan.
10—12 yoshli bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko‘mir
shaxtalarida ham mehnat qilishardi. Ular mehnati uchun ayollar-
dan ham kam haq olardi.
Bu davrda xotin-qizlar teng huquqlilik
uchun tinimsiz kurash
olib bordi. XX asr boshlariga kelib, xotin-qizlar
ozodligi va mus-
taqilligi g‘oyalari, ularning teng huquqlilik uchun kurashlari yangi
sivilizatsiya jamiyatining belgilaridan biri bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: