10
maniya Buyuk Britaniya va Fransiyaning g‘azabini keltirardi. Rossiya
esa, o‘z navbatida, Germaniyaning xotirjamligiga putur yetkaza-
yotgan edi. Shu tariqa dunyoning rivojlangan buyuk davlatlar o‘rta-
sida bo‘lib olinishi, iqtisodiy va siyosiy raqobat, harbiy-strategik
ziddiyat va qurollanish poygasi boshlanib ketdi.
Monopoliyalarning vujudga kelishi, birin-
chidan, ishlab chiqarishga yangi texnika va
texnologiyalarni yanada kengroq joriy etishga
imkoniyat yaratdi. Bu esa mehnat unumdorligining keskin oshi-
shini ta’minladi.
Ikkinchidan esa, jamiyatning juda ozchilik guruhi qo‘lida ulkan
hokimiyat to‘planishiga olib keldi. Shuning uchun ham AQSH
monopoliyachilarini bekorga „Amerikaning tojsiz qirollari“ deb atash-
magan edi. Ular AQSH hukumatining ichki va tashqi siyosatiga
katta ta’sir ko‘rsata olganlar. Yoki Germaniyada „Kruppga nima
yaxshi bo‘lsa, u Germaniya uchun ham yaxshi“, deyishardi. Chunki,
ular ulkan miqdordagi boylikka egalik qilardi.
Uchinchidan, monopolistik kapitalizm qirg‘in-barot mustam-
lakachilik urushlarini kuchaytirganligi bilan ham ajralib turadi.
Bunday urushlarning, ayniqsa, XIX asr oxirida kuchayishi „im-
perializm“ atamasining keng ishlatilishiga olib keldi. Bu atama dast-
lab industrial davlatlarning mustamlakachilikdan iborat tashqi siyo-
satlariga nisbatan ishlatildi. Keyinchalik „imperializm“ atamasi
„monopolistik kapitalizm“ atamasining sinonimi o‘rnida qo‘llani-
ladigan bo‘ldi. Shu tariqa, bu ikki atama ayni bir xil ma’noni
anglata boshladi.
Dostları ilə paylaş: