7
Iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 2-o‘ringa, Yevropada esa 1-
o‘ringa chiqib olgan Germaniyani dunyoning bunday taqsimlanish
holati aslo qoniqtirmagan.
AQSH juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki
bozorga ega bo‘lganligi uchun mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq
bildirmadi. Buning ustiga, iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi
davlatiga aylanib olgan AQSH, ochiq qurolli hujum qilishdan ko‘ra
boshqa davlatlarga, birinchi navbatda, Lotin Amerikasi mamlakat-
lari iqtisodiga kirib borishni afzal ko‘rdi. Iqtisodiy jihatdan qudratli
AQSH raqiblarini harbiy kuch ishlatmasdan ham siqib chiqarishi
mumkin edi. Biroq, bu AQSHning yangi hududlarni bosib olish-
dan butunlay voz kechganligini anglatmas edi. XIX asrning oxiriga
kelib, AQSH Gavayi orollarini anneksiya qildi. Fili ppinni bosib
oldi, Puerto-Riko va Guam orollarini o‘zining yarimmustam-
lakasiga aylantirdi.
Dostları ilə paylaş: