13
XIX asr o‘rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar pala-
tasining 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edi. 1906—1916-
yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismi elita bilim
yurtlari bitiruvchilari edi. Biroq, industrial sivilizatsiya rivojlanishi
bilan aristokratiya o‘zining hukmronlik holatini borgan sari yo‘qota
bordi. Yerning bir qismi
shaharlar qurilishiga berildi, o‘rmon
mulklari ham qisqardi.
Yangi davr obro‘talab kishilar oldiga yangi talablar qo‘ya bosh-
ladi. Ilgari yer mulkdorlari bo‘lgan aristokratiya endi banklarda,
sanoat kompaniyalarida, mustamlakalar ma’muriyatlarida rahbarlik
lavozimlarini egallay boshladi. Ko‘pgina
mulkidan ayrilgan eski
aristokratlar yangi boylar bilan qarindosh tutinishi aristokratiya-
ning burjuaziya bilan qo‘shilib ketishiga olib keldi.
XIX asrda davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya
tobora kattaroq rol o‘ynay boshladi. Yirik sanoat korxonalari va
banklar tepasida millionlab boylik to‘plagan
burjuaziya vakillari
turardi. Burjuaziyaning eng yorqin vakillari katta siyosiy mavqega
ham erisha boshladi.
XIX asrda jamiyat hayotining muhim
voqealaridan biri „o‘rta qatlam“ning shakl-
lanishi bo‘ldi. „Erkin kasb“ egalari bo‘lgan shaxslar —
muhandis-
lar, ixtirochilar, shifokorlar, o‘qituvchilar, ofitserlar, huquqshu-
noslar va shu kabilar jamiyatning o‘rta qatlamini tashkil etgan. Bu
qatlamga taalluqlilikning asosiy belgilaridan
biri moddiy ahvolning
har holda to‘kisligi bo‘lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘rta qatlam vakillari orasida,
ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajralib turardi. Huquqiy davlat-
ning shakllanishi, fuqarolik jamiyatining barpo bo‘lishi,
iqtisodiy
hayotning rivojlanishi tufayli huquqshunoslarga bo‘lgan ehtiyoj
ortib bordi. Ular konstitutsiyalar, qonunlar yozish,
kodekslar
tuzish, vasiyatlarni rasmiylashtirish, banklarga, tadbirkorlarga mas-
lahatlar berish va sud jarayonlarida
ishtirok etish kabi ishlarni
bajargan. Ko‘pgina siyosiy arboblar ham ma’lumotiga ko‘ra huquq-
shunos edi. O‘rta qatlam jamiyatga barqarorlik baxsh etdi. Chunki,
odatda, o‘rta qatlam ijtimoiy buhronlarni ma’qullamaydi, inqilob-
lardan islohotlarni afzal ko‘radi.
XIX asrda yangi ishchilar sinfi shakllandi.
Sanoat to‘ntarishi yuz bergan uchta yirik
Dostları ilə paylaş: