15
Urbanizatsiya
(fransuzcha va lotincha — shaharga mansub) —
jamiyat
hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog‘ining ortib
borishi.
Savol va topshiriqlar
1. Industrial sivilizatsiya qay tariqa qaror topdi?
2. Industrial sivilizatsiya natijasida shaharlar hayotida qanday o‘z-
garishlar yuz berdi?
3. Siz XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi urbanizatsiya va mig-
ratsiya hodisalarini qanday izohlaysiz?
4. Aholining o‘rta qatlamini kimlar tashkil etadi? O‘rta qatlamning
ko‘payishi jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega?
5. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi Vatanimiz tarixini G‘arbiy
Yevropa va AQSH tarixi bilan taqqoslang.
6. Bugungi kunda xalqaro huquqda bolalar
mehnatiga necha yoshdan
ruxsat berilishini aniqlang.
XIX asr oxiri va XX asr oxiridagi ishlab chiqarish birlashmalari-
ni o‘zaro solishtiring. Farqi bormi?
Bu davrda davlatlar taraqqiyotiga sabab bo‘lgan omillarga tavsif
bering.
„Taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish lozim.
Biroq, bu tajribalarga ko‘r-ko‘rona yondashmasdan, o‘zimizning
milliy
ehtiyojlarimizdan kelib chiqib, eng maqbul shakllarini
tanlab olishimiz darkor“.
Islom Karimov
~
~
~
~
~
16
XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan
boshlab Fransiya imperatori Napoleon III
mavqeyiga putur yetdi. Bunga sabab—Fran-
siyaning iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Buyuk
Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo‘ldi.
Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda
ham muvaffaqiyatsiz-
likka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani
birlashtirishiga to‘sqinlik qila olmay qoldi. Germaniya yagona dav-
latga birlashadigan bo‘lsa, Fransiyaning xalqaro maydondagi obro‘-
siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi
ikkinchi davlatdek mavqeyi
barham topar edi.
Fransiya hukmron doiralari 1860-yildagi Buyuk Britaniya-Fran-
siya savdo shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlari-
ning Fransiyaga ko‘plab kiritilishi fransuz tovarlari bilan raqobatni
kuchaytirmoqda edi.
Bundan tashqari, mamlakatda ishsizlik, qim-
matchilik mehnatkashlarning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib qolgandi. Bu
hodisa ishchilarning keskin noroziligini vujudga keltirdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g‘o-
libona urush zarur edi. Bu urush Fransiyaning,
shuningdek,
Napoleon III ning ham mavqeyini tiklagan bo‘lardi. Buning uchun
esa urushda g‘alaba qozonish, Germaniyaning birlashishiga yo‘l
qo‘ymaslik va Germaniyaning ba’zi hududlarini bosib olish zarur
edi.
Prussiya ham bir necha yillardan beri
Fransiyaga qarshi urushga
tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi Germaniyada Prussiya-
II
Dostları ilə paylaş: